Get Mystery Box with random crypto!

#tabrik Muhtarama onaxonlar! Munis opa-singillar! Ilmga chan | Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#tabrik

Muhtarama onaxonlar!
Munis opa-singillar!
Ilmga chanqoq, zukko o‘quvchi qizlarimiz!

Siz azizlarni bahorning ilk bayrami – 8-mart “Nafosat va go‘zallik” ayyomi bilan chin dildan tabriklaymiz. Sizlarga eng samimiy va ezgu tilaklarimizni izhor etib, baxt, mehr-muhabbat doim hamrohingiz bo‘lsin, deymiz!

Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, inson hayoti va jamiyat rivojida muqaddas Ona timsoli, munis ayollarimizning beqiyos o‘rnini oddiy so‘zlar bilan ifoda etish nihoyatda mushkul vazifa.

Mana shunday qutlug‘ kunlarda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida”gi qarori imzolandi.

Qarorga ko‘ra, taqdirlangan 28 nafar nomzodlar orasida Xiva shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Zulfiya Shomurotovaning borligi, ayniqsa, quvonarli.

Shu o‘rinda alohida mamnuniyat bilan ta’kidlash joizki, bugungi kunda Agentligimiz tizimida 4 mingdan ortiq xotin-qizlar faoliyat ko‘rsatib, har tomonlama yetuk va barkamol avlod ta’lim-tarbiyasiga o‘z hissalarini qo‘shmoqda. Qolaversa, "Yangi Oʻzbekiston" universiteti, Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida ta’lim-tarbiya olayotgan yoshlarimizning 30 mingga yaqini o‘quvchi qizlardir.

Ular orasida mamlakatimiz va xorijning nufuzli universitetlari ta’lim grantlariga sazovor bo‘lgan, xalqaro va milliy olimpiadalar hamda dasturlarda yuqori natijalar ko‘rsatayotgan zukko qizlarmiz borligi bizga cheksiz iftixor bag‘ishlaydi.

Aziz opa-singillar!
Bilimga chanqoq o‘quvchi qizlarimiz!

Yana bir bor sizlarni bayramingiz bilan samimiy muborakbod etib, Sizlarga sog‘lik-salomatlik, baxt-u saodat, tilaymiz.

Hurmat bilan,
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi jamoasi