Get Mystery Box with random crypto!

Ta’limning uzviyligini ta’minlashda hamkorlik yo‘nalishlari mu | Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

Ta’limning uzviyligini ta’minlashda hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov bilan uchrashdi.

Uchrashuvda ta’limning uzviyligini ta’minlashda hamkorlikdagi yo‘nalishlar, jumladan ikki tashkilot tizimidagi ta’lim muassasalari integratsiyasi, turli fan olimpiadalarini tashkil etish, akademik litsey o‘quv dasturlarini ixtisoslikka moslashtirish, OTM bitiruvchi bosqich talabalarining Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablaridagi amaliyotini tashkil etish yuzasidan hamkorlikni yanada kuchaytirish, shuningdek, laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarni olib borishda professor-o‘qituvchilar tajribasidan foydalanish kabi takliflar muhokama qilindi.

Muloqot so‘nggida tomonlar bildirilgan takliflarni amalga oshirish bo‘yicha ishchi guruh tashkil qilish va amaliy chora-tadbirlarni boshlashga kelib olishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube