Get Mystery Box with random crypto!

#xalqaro_hamkorlik KOREYA TA’LIM MARKAZI BILAN HAMKORLIK ALO | Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#xalqaro_hamkorlik

KOREYA TA’LIM MARKAZI BILAN HAMKORLIK ALOQALARI RIVOJLANTIRILADI

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi va Koreya Respublikasi elchixonasi qoshidagi Koreya ta’lim markazi o‘rtasida sohadagi hamkorlikni rivojlantirish maqsadida memorandum imzolandi.

Mazkur hujjatning asosiy maqsadi agentlik va markaz o‘rtasida hamkorlik loyihalarini amalga oshirish, xususan STEM sohasini rivojlantirish maqsadida o‘zaro tajriba almashish, kadrlar almashuvi tizimini yo‘lga qo‘yishdan iborat.

Tadbir doirasidagi muloqotda Agentlik direktori A.Ubbiyev ikki mamlakat o’rtasida hamkorlik aloqalari har tomonlama izchil rivojlanayotgani, xususan ta’lim sohasida manfaatli kelishuvlarga erishilayotganini e’tirof etdi.

Ta'kidlanganidek, bugungi kunda Agentlik tizimidagi 11 ta maktabda koreys tili ikkinchi til sifatida o’qitilmoqda. Shuningdek, ta’lim jarayoniga koreyalik malakali o’qituvchilar jalb qilingan. Iqtidorli o’quvchilarning Koreya Respublikasidagi nufuzli ta’lim muassasalariga safari ham tashkil etilmoqda.

Tomonlar agentlik tasarrufidagi maktablar hamda Koreya Respublikasining nufuzli xalqaro maktablari o‘rtasida hamkorlikni o‘rnatish, ta’lim jarayoniga STEM va koreys tili fanidan xalqaro toifadagi o‘qituvchilarni jalb qilish, akademik tajriba va milliy-madaniy ma’lumotlar almashishni ko‘zda tutuvchi qisqa muddatli treninglar tashkil etish kabi masalalar yuzasidan fikr va takliflar almashdi.

— Markazimiz faoliyati koreys tilini o’qitish bilan birga ta’limning boshqa zamonaviy turlarini ham o’z ichiga oladi, - dedi Koreya ta’lim markazi direktori Pang Chu Man. – Shundan kelib chiqib aytadigan bo’lsak, markazimiz Agentlik tomonidan ilgari surilgan takliflarni qo’llab quvvatlaydi. Kelajakda shu kabi foydali muzokaralar davom etishiga ishonamiz.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube