Get Mystery Box with random crypto!

Ertaga konsert Qanaqadir motivatsion nimalarnidir yozib tashl | Abu Bakr Fozilov

Ertaga konsert

Qanaqadir motivatsion nimalarnidir yozib tashlashim kerak edi balki)

Ortiqcha emotsiya va bosimlarni o’chirib qo’ydim. Odatiy chiqishlarimdan biri bo’ladi shunchaki. Har kunlik bajarib yurgan ishimdek tasavvur qilishni o’rganyapman. Qayeridadir kulguli bo’lar, balkim zerikarli yoki umuman muvaffaqiyatsiz amalga oshar… Kim bilsin, o’tgan galgidan ham yaxshiroq chiqib qolar, noma’lum. Eskilarini esdan chiqaramiz albatta.

Nima bo’lganda ham barchasini boricha - oddiygina qabul qilmoqchiman. Har holda mendan yaxshi chiqadiganlar talaygina, ana, o’shalar kuldirsin)

Yaxshi chiqsa, omadim keldi, deb hisoblayman. O’xshamay qolsa ham fojeaga yo’yish yo’q. Sizlar ham shunday qilinglar)

P.S: Mazkur kanal shaxsan o’zimga tegishli bo’lib, faqat o’z fikrlarim va kechinmalarim bilan o’rtoqlashib kelmoqdaman. Kuzatayotgan, tushunayotgan va albatta, xalaqit bermayotganlarning har biriga alohida rahmat! Hali ko’p yozamiz)

@phaziloff