Get Mystery Box with random crypto!

Prokrastinatsiyaga o'ralgan prokrastinator Siz ham muhim, baj | Abu Bakr Fozilov

Prokrastinatsiyaga o'ralgan prokrastinator

Siz ham muhim, bajarilishi shart bo'lgan ishlaringizni chetga surib, ahamiyatsiz, ammo sizga zavq beruvchi ishlarga ko'p chalg'iysizmi? Tabriklayman, sizda prokrastinatsiya!

Prokrastinatorlarni yomon odam deb bo'lmaydi. Ular mashaqqatlarga dosh beradi. Axir, muhim ishlarni chetga surib qo'yish, insondan kuch va matonat talab qilishi tabiiy )

Biz doim muhim ishlarni o'z vaqtida bajarmaymiz. Dedlaynga taqab boramiz. Ungacha esa ahamiyat jihatdan 0,01% ham qimmatli bo'lmagan narsalarga vaqtimizni sarflaymiz.

Masalan, men muhim bir kitobni o'qishim, unga taqriz yozishim, u haqida video ishlashim kerak. Ammo men u kitobni o'qish o'rniga YouTube tomosha qilib o'tiribman. Siz hammi? Biz siz bilan qondoshmiz )

Sizda-chi? Prokrastinatsiya mavjudmi?

@marufjonblogi