Get Mystery Box with random crypto!

Peshqadamlar Mediada Bugun loyihaning media yo‘nalishida yig‘ | PK

Peshqadamlar Mediada

Bugun loyihaning media yo‘nalishida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unga Muslim Mind va Islom Fikri kanali mualliflari tashrif buyurdilar. Ular Islom madaniyati, tarixi, Islomga turli zamon va makonlardagi munosabatlar haqida podkast va qisqa metrajli filmlar ishlash, inglizcha ommabop kitoblarni o‘zbek tiliga o‘girish borasida Peshqadamlar Karvoni bilan hamkorlik qilishga kelishib oldilar.

Shuningdek, notiqlik va dublyaj sohasi mutaxassislari ham loyihaga xolis yordam berish maqsadida qiziqarli video va audio materiallar tayyorlash bo‘yicha o‘z g‘oyalarini bo‘lishdilar. Shu bilan birga, o‘z mehnat va qobiliyatlari orqali loyiha rivojiga hissa qo‘shish istagini bildirdilar.

Alloh ulardan rozi bo‘lsin va birgalikda xayrli ishlarni amalga oshirishimizga muvaffaq qilsin!

Aytgancha, suratlardan ko‘rib turganingizdek, bu loyiha faqat ayollarga xos emas. Bizning maqsadimiz ayol-u erkak, yosh-u qarida ilm olishga birdek rag‘bat uyg‘otishdir. Chunki, ilm olish har bir erkak va ayolga farzdir. Siz ham bizning karvonga qo‘shiling va yaxshilik yo‘lida hamkorlik qiling!

t.me/peshqadamlar_karvoni