Get Mystery Box with random crypto!

QQS hisoboti bo'yicha 2023-yil uchun QQS stavkasi 12 % etib b | Как понять бухгалтерский учет?

QQS hisoboti bo'yicha

2023-yil uchun QQS stavkasi 12 % etib belgilanganligi inobatga olinib, soliq hisobotida soliq stavkasi o'zgatirilgan.

Shuningdek, Soliq kodeksining 257-moddasiga asosan QQS 15 % stavka bo'yicha taqdim etilgan EHFlar bo'yicha soliq solinadigan bazaga kiritilgan tuzatish summasi QQS hisobotining 1-ilova 0110-satrida aks ettiriladi.

Avval hisobotning 3-ilovasiga kiritilgan oʻzgartirishlar ma'lum qilingan edi.

Ilovada quyidagi maʼlumotlar aks ettirildi:

01121-satrguvohnoma holati aktiv emas;
01122-satr kontragent guvohnomasi holati aktiv emas;
01123-satrhisobga olingan EHFlarga soliq organlari tomonidan tuzatish kiritilgan;
01124-satrnotijorat va budjet tashkilotlari tomonidan oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish doirasida.

Ilovaning 012-satrida endilikda Soliq kodeksining 269 - 270-moddalarida nazarda tutilgan hollarda QQSni hisobga olish holatlari aks ettiriladi (bunda mazkur satr maʼlumotlari hisobotning 5-ilovasi orqali shakllanadi).

3-ilovaning 0121 hamda 0122-satri maʼlumot uchun soliq toʻlovchi tomonidan mustaqil toʻldiriladi.

Shuningdek, 1100-satr (ilgari hisobga olingan soliq summalariga kiritiladigan tuzatish) SKning 266-267 hamda 269-moddalariga asosan, hisobdan chiqarilishi lozim boʻlgan quyidagi mezonlar bilan toʻldirildi:

1109-satryetkazib beruvchi tomonidan taqdim etilgan hisobvaraq-fakturalar qalbaki yoki koʻzboʻyamachilik bitimi natijasida tuzilgan deb eʼtirof etilganda;
1110-satr tovarlar tekinga olinganda;
1111-satrfaoliyat turi bilan bogʻliq boʻlmagan tovarlar (xizmatlar) xarid qilib olinganda.

QQS hisobotining yangi paket kodi: 10006_36