Get Mystery Box with random crypto!

4 – Saboq: Muvaffaqiyatsizlikni imkoniyatga aylantiring (aniq | Perfect_Channel🥇

4 – Saboq:

Muvaffaqiyatsizlikni imkoniyatga aylantiring (aniq rejani aniqlash orqali)

Harakat qilmaslikning bosh sababi – qo‘rquv va hadikdir. Shu sababli ham, o‘zimiz xohlagan ish uchun hujjat topshirishga haddimiz sig‘maydi. Pulimizni behuda sarflashdan qo‘rqqanimiz uchun ham biznesni boshlashga botina olmaymiz.

Sayyoralar bo‘ylab sayohatga olib chiquvchi kompaniya rejasi, ehtimol, siz uchun kulgilidir. Ammo Elon Mask qo‘rquvni yengib, SpaceX loyihasiga mablag‘ tikishga qaror qildi.

Elon Mask aytadi:

«Uch marta urinib ko‘ramiz. Agar har uchalasida $100 million dollargacha mablag‘ tikib, samoga raketa uchira olmasak, SpaceX loyihasidan voz kechamiz.»

Natija nima bo‘ldi? Birinchi urinish $30 million dollar sarf-xarajat va omadsizlik bilan yakun topdi. Ikkinchi urinish $60 million dollarlik xarajat va muvaffaqiyatsizlik bilan tugallandi. Ammo uchinchi urinishda SpaceX’ning raketasi samoni zabt etdi. Natijada, loyiha NASA’ning $1.6 milliard AQSh dollari miqdoridagi shartnomasini qo‘lga kiritdı.

Elon Mask muvaffaqiyatsizlikdan qo‘rqmaydi deb o‘ylaysizmi? Qo‘rqadi. Ammo u maqsadli reja qilishga odatlangan. Bu esa kamida foydali muvaffaqiyatsizlik va keyinchalik undan chiqarilgan xulosa kafolatini anglatadi.

Elon Mask aytadi:

«Muvaffaqiyatsizlik imkoniyani anglatadi. Agar unga ro‘para kelmasang, demak hali ilg‘or g‘oyalarni tatbiq qilishdan yiroqdasan.»

Amalga oshirish:

Agar amalga oshirmoqchi bo‘lgan loyihangizni o‘zingiz ham aniq tasavvur qila olmasangiz, miyada charx urayotgan fikrlarni tartib bilan qog‘ozga to‘king.
Siz o‘zingizcha uchrash mumkin bo‘lgan muaffaqiyatsizlik ssenariysini yozing.
Keyin bunga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan 10 ta omilni yozing.
Har bir muammoni oldini olish bo‘yicha reja qiling.

Hayrlı tong Qadrı balandlarım...

@perfect_team