Get Mystery Box with random crypto!

3 – Saboq: Shovqinda turib kerakli tovushga diqqat qilish. E | Perfect_Channel🥇

3 – Saboq:

Shovqinda turib kerakli tovushga diqqat qilish.

Elon Mask g‘oyalar orasidan kerakli maqsadga diqqat qilishni targ‘ib qiluvchi yagona milliarder emas. Uorren Baffetning «qilish mumkin bo‘lmagan ro‘yxat»i bo‘lsa, Stiv Jobsning fikriga ko‘ra, nima qilmaslik haqida aniq qaror – nima qilish kerakligi to‘g‘risida yagona to‘xtamga kelishdek muhimdir.

Yoki Facebook xodimi Noa Kaganning aytishicha, Mark Zukerberg Facebook foydalanuvchilarini ko‘payishiga xizmat qilmaydigan hech bir g‘oyani tan olmas ekan.

Xuddi shu kabi, Mask ham mahsulot yoki xizmatning yaxshilanishiga sabab bo‘lmaydigan g‘oyani tan olmaydi.

Elon Mask aytadi:

«Tesla loyihasini amalga oshirish jarayonida reklamaga hech qachon mablag‘ sarflagan emasmiz. Uning o‘rniga mablag‘ni tadqiqot va rivojlantirishga, muhandislik va dizayn, eng yaxshi avtomobil ishlab chiqarishga sarfladik. Yaxshi mahsulot yaratishga ko‘zimiz yetmasa, loyihani yakunladik.»

Rahbarlik ko‘nikmasi va hayotni izga solishga oid qo‘llanmalari bilan mashhur amerikalik konsultant Stiven Kovi ham diqqat eng muhim jihatga qaratilishi kerakligini ta’kidlaydi.

Elon Mask aytadi:

«Bu sa’y-harakating natijasi kimgadir naf keltiradimi? Agar bunday bo‘lmasa, undan voz kech.»

Amalga oshirish:

Keyingi yil erishishing mumkin bo‘lgan 20 ta yutug‘ingni qog‘ozga tushir.
Ulardan 5 ta imkoni nisbatan kam bo‘lganini olib tashla. Yana olib tashla. Ulardan haqiqatga yaqin beshtasi qolsin. Unutma, o‘zingni ko‘zing yetgan muvaffaqiyatlaringga qanchalar diqqat qaratsang, natija ham shunchalik yuqori bo‘ladi.
PayPal to‘lov tizimi hamasoschilaridan biri, janob Maskning hamkori Piter Til ham ko‘p emas, yagona muvaffaqiyatga diqqatli bo‘lish tarafdori.

@perfect_team