Get Mystery Box with random crypto!

#nazm Xosiyat... Tunlarni ko'ksimdan yulib ol, Ruhim-la chorl | PEGAS portali

#nazm

Xosiyat...
Tunlarni ko'ksimdan yulib ol,
Ruhim-la chorlagin bir kecha,
Men samo* tushayin mast bo'lib.

Sayr etgin soyamni qo'ltiqlab,
Bosh qo'ygin tog' turmas yelkamga.
Faqat sen bi-i-r umr yo'q bo'lib,
Men bilmas dunyoga berkinma.

Yoshlaring yomg'irrang emasdi,
Ko'zingni sel yuvar kun sayin.
Men - parvo,
Beparvo ketarsan
Bir mayin!..

Och ruhim bormoqda sensirab,
Quturgan ochundek jon tarang.
Sen ketsang bu qora dunyoning,
Tonglari otmaydi rang-barang.
Quyoshi botmaydi rang-barang.

Zulmatni shuurimdan yulib ol,
Ruhimla chorlagin bir kecha,
Men samo tushayin mast bo'lib.

Xosiyat...
Xudoga evrilgan ko'ngling but,
Cho'ntagi teshilgan men g'arib.
Mangulik uyqudan uyg'otdim,
Onasi o'pmagan qizlarni.

Baxtlarni erkidan ayirdin,
Yashashga mahkumsan qisinib.
Qop - qora tumanlar ichida,
Bir shoir qoladi qirq sinib.

Bizni fosh qiladi nigohlar,
Ko'zimdan chirs etib o't chiqar.
O'lsamda ruhimga qo'shilib,
So'z chiqar,
Ilohiy so'z chiqar.

Xosiyat...
Aybga buyurma, aybim yo'q,
Uzulmas tuningga os mani.
Samimiy kulishga baxt kerak,
Menga bir dard kerak yozgani.

Xosiyat...

*Darvishlar raqsi.

Ahror Darvish

t.me/pegas_portali —
Har lahza — ilhom vaqti