Get Mystery Box with random crypto!

Uyim-joyim deydigan ona Bunday onalar odatda ishlamasdan butu | PEDIATR👩‍⚕️ONLINE🔵

Uyim-joyim deydigan ona

Bunday onalar odatda ishlamasdan butun kuch va mehrini bolasiga beradi. Hayotini ham bolasiga bag'ishlaydi. Bola uchun albatta buning ijobiy tomonlari ko'p: uyda doim issiq mazali taomlar, toza va saramjon kiyimlar muhayyo, uy ishi qilishda ona doim yordamini ayamaydi. Lekin bunday onalarning tarbiyasida kamchiliklar ham mavjud: bola voyaga yetganda onasini yetarlicha hurmat qila olmaydi. Onasining fikri va dunyoqarashini bola hurmat qilmaydi. Bola uchun bunday ona faqat uy ishlariga qodir bo'lib qoladi.

O'ta g'amxo'r ona

Bunday onalar bolasiga haddan tashqari ko'p mehr va g'amxo'rlik ko'rsatadi. Bola kichikligida mehr-muhabbatga to'yib o'sishi yaxshi-yu, lekin o'z vaqtida bunday onalar bolasini o'z qaramog'idan qo'yib yuborishni istamaydilar. Bola katta bo'lsa ham, uning har ishiga aralashib, unga doim o'z nuqtai-nazarini singdirib, uning mustaqilligini cheklab qo'yadilar. Buning natijasida esa bola o'ta passiv va mas'uliyatsiz bo'lib o'sadi. Chunki uning o'rniga qayg'uruvchi ona doim yonida bo'ladi.

Kontrolyor

Bunday onalarni diktator desak ham bo'ladi. Bunday onalar uchun bolaning fikri, qarashi va xohishi hech narsa. Bola faqat ona aytganini qilishi shart. Bunday onadan bola juda bo'sh va qobiliyatsiz o'sadi.

Tanqidchi

Bola nima qilishidan qat'iy nazar bu turdagi onalar bolasini doim tanqid qiladi. Bola hech qaysi ishi uchun maqtashga sazovor bo'lmaydi. Bunday onalar doim bolasidan ranjib yurgandek bo'ladilar. Odatda shu tarbiya olgan bola kritikadan qo'rqaverib, hamma narsani a'lo darajasida bajarishga harakat qilib judayam katta yutuqlarga erishishi mumkin, lekin bunday bolalarning fe'li juda og'ir bo'ladi. Ular jahldor va berahm bo'lib katta bo'ladilar.

Yengiltak

Bunday ona farzandi uchun faqatgina fiziologik ona hisoblanadi. Aslida bola tarbiyasi bilan buvilar, qo'shnilar, bog'cha va boshqalar shug'ullanadi. Onada bolaning tarbiyasi va muammolari bilan shug'ullanishga hech qachon vaqti va xohishi bo'lmaydi. Bunday onalar farzandi juda mustaqil bo'lib, onasini nazariga tushish uchun hayotda ko'p yutuqlarga erishadilar. Lekin bunday bolalar ona mehriga to'ymaganligi sababli o'z shaxsiy hayotini qurishda qiynaladilar.

Haqiqiy do'st

Bunday onalar chaqaloqqa ham shaxs sifatida qarab, uning xohish va istaklarini inobatga olgan holda ish tutadilar. Undan tashqari o'z farzandi yutuqlariga, qilgan arzimagan ishlariga ham xursand bo'la oladilar va farzadini hurmat qilishni biladilar. Bunday tarbiya olgan bola hayotda har tomonlama judayam baxtiyor bo'la oladi.

@pediatronline