Get Mystery Box with random crypto!

SHOIR (Iqbol Mirzoga)   Oshiq qalb shoirning tirik timsoli, M | Ўқитувчилар

SHOIR
(Iqbol Mirzoga)
 
Oshiq qalb shoirning tirik timsoli,
Mangu yoshlik aro urar bu yurak.
Layli yo Shirinda yashar xayoli,
Mayli, shoir shundan zavqlansa kerak!
 
Sevgisiz shoirni ko‘rmadim aslo,
Sevgisiz ijod ham kelmasa kerak.
Yor, ona Vatanga devona Mirzo,
Quyoshdek bag‘ri cho‘g‘ yashaydi yuksak.

Abadiy yoshlikning qalbida qoling,
Abadiy yosh bo‘lsin sizdagi sevgi!
Neki tiladingiz, barini oling,
Xayollar shoirga eng kerak sezgi.
 
Hamid IKROM
Qo‘qon universiteti talabasi