Get Mystery Box with random crypto!

O‘QUVCHILARNING SHAXSIY YIG’MA JILD HUJJATLARIDA ( YA’NI SHAXS | Pedagoglar

O‘QUVCHILARNING SHAXSIY YIG’MA JILD HUJJATLARIDA ( YA’NI SHAXSIY FAYLLARIDA) QAYSI HUJJATLAR BO‘LISHI KERAK

Sinf rahbarlari bilib olishi kerak.

Oʻquvchilarning shaxsiy yigʻma jildi hujjatlari oʻquvchini maktabga qabul qilingan kunidan bitirguniga qadar yuritiladi. Unda quyidagi hujjatlar jamlanadi:

maktabga qabul qilish haqida ota-ona (yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar)ning arizasi;

oʻquvchining tugʻilganlik haqidagi guvohnoma (pasport, ID-karta) nusxasi;

ota-onasi (yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar)ning pasport (ID-karta) nusxalari;

tibbiy maʼlumotnoma;

baholar tabeli (10-11-sinf oʻquvchilari uchun 9-sinfda berilgan tayanch maʼlumot toʻgʻrisida shahodatnoma).

Oʻquvchining shaxsiy yigʻma jildi hujjatlari sinf rahbari tomonidan yuritilib, har oʻquv yili boshida xatlovdan oʻtkaziladi.

Oʻquvchining shaxsiy yigʻma jild hujjatlari oʻquvchi maktabni tamomlaganidan soʻng 3 yil muddatda maktabda saqlanadi.

Asos: Xalq taʼlimi vazirining 2021-yil 1-iyuldagi 205-sonli buyrugʻi

Pedagoglar kanaliga obuna boʻling

https://t.me/+SEjhuG-0kd7dL2wl