Get Mystery Box with random crypto!

Pensiyaga chiqqan oʻqituvchilarga dars taqsimoti qay tartibda | Pedagoglar

Pensiyaga chiqqan oʻqituvchilarga dars taqsimoti qay tartibda amalga oshirilishi kerak?

Bilamizki, hozirgi kunda pensiya yoshidagi oʻqituvchilarning maktablarda ishlab kelayotganli koʻpchilik yosh oʻqituvchilar tomonidan tanqid ostiga olib kelinmoqda. Shu sababli nafaqaga chiqqan oʻqituvchilarga dars taqsimoti qanday amalga oshirilishi hususida turli hil tushunmovchiliklar boʻlmoqda.

Ayrimlar pensiya yoshiga yetgan oʻqituvchilar maktabda ishlamasligi kerak deyotgan boʻlsa, ayrimlar bunday oʻqituvchilarning koʻp yillik tajribasidan foydalanib ular maktabda ishlashi kerak degan fikrni ilgari surmoqda.

Shu sababli pensiya yoshiga yetgan, lekin maktablarda hali-ham ishlab kelayotgan oʻqituvchilarga dars taqsimoti qay tartibda amalga oshirilishi hususida fikr bildirib oʻtishni lozim topdik.

Dars taqsimotida oʻqituvchining yoshi rol oʻynamaydi. Bunda oʻqituvchining ta’lim sifatiga hamda u erishgan natijalariga e’tibor qaratiladi. Har qanday holatda ham oʻqituvchilarga dars soatlari “Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya roʻyxatlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida” nizom bilan belgilab berilgan ustuvor ketma-ketlik asosida taqsimlanadi.

Oʻqituvchi pensioner ekan, unga kam dars berilishi kerak degan qoida yoʻq. Lekin pensioner xodimning hech qanday yutuqlari boʻlmasa, u dars beradigan sinfning ta’lim sifati past boʻlsa, nafaqa yoshida ekanligi sababli hech qanday malaka toifasiga ega boʻlmasa bu vaziyatda oʻz fanining mutaxasisi, bir qancha natijalarga erishib, malaka toifasiga ega boʻlgan xodimga koʻproq dars soatlari berish mumkin.

Aksincha xodim pensioner boʻlishiga qaramay bir qancha yutuq hamda malaka toifasiga ega boʻlsa u holda nafaqa yoshidagi oʻqituvchiga koʻproq dars beriladi. Pensioner xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilish yoki qilmaslik maktab direktorining ixtiyorida.

(c) Xalq ta'limi info

Pedagoglar kanaliga obuna boʻling

https://t.me/+SEjhuG-0kd7dL2wl