Get Mystery Box with random crypto!

Past Darg‘om tumanidagi Navbahor, Do‘stlik va Beshnayman mahal | Past Darg‘omliklar 24 Расмий канали

Past Darg‘om tumanidagi Navbahor, Do‘stlik va Beshnayman mahallalarida birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatish punktlari o‘z ishini boshladi.

Mamlakatimiz rahbarining tibbiyot xodimlari bilan o‘tkazgan ochiq muloqotidan so‘ng belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tumanimizning eng olis hududlarida mahalla tibbiy punktlari tashkil etilib kelinmoqda. Bugun 3 ta shunday tibbiyot punktlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur islohotlar natijasida olis hududdagi mahallalar aholisiga o‘z vaqtida kerakli birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish imkoni yaratildi. Tibbiyot punktlarining ochilish marosimida tuman tibbiyot birlashmasi ma'sul vakillari va mahalla ahli ishtirok etdi.

Бизга уланиш

@Pastdargom_24