Get Mystery Box with random crypto!

'Ustozim - ulug' faxrim!' Past Darg'om tumanidagi 1-IDUMIda us | Past Darg‘omliklar 24 Расмий канали

"Ustozim - ulug' faxrim!"
Past Darg'om tumanidagi 1-IDUMIda ustozlar bayramiga bag'ishlangan tadbir kutarinki ruhda bo'lib o'tdi.
Ustoz eng ulug' zotdir. Uning shogirtlarga mehri va mashaqqati cheksizdir. Har yili yurtimizda 1-oktabr "O'qituvchilar va murabbiylar" kuni munosabati bilan bayramlar turli tadbirlar o'tkaziladi. Ustoz va murabbiylar ulug'lanadi, ularga ehtirom ko'rsatiladi. Tadbir avvalida maktab direktori S. Sattorov barcha kasbdoshlarini bayram bilan qutladi va samimiy tilaklarini bildirib o'tdi. Faol o'quvchilar tomonidan ustozlarga bag'ishlangan she'rlar, qo'shiqlar, sahna ko'rinishlari ijro etildi. Bayram tadbiri kuy va qo'shiq, raqslarga ulanib ketdi.

Nurbek Qodirov
1-IDUMI targ'ibotchisi

Бизга уланиш

@Pastdargom_24