Get Mystery Box with random crypto!

الجنة 𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

Telegram kanalining logotibi paradise_pg — الجنة 𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒 ا
Telegram kanalining logotibi paradise_pg — الجنة 𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒
Kanal manzili: @paradise_pg
Toifalar: Iltimoslar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 8.35K
Kanalning ta’rifi

"Va U seni hayron holda topib, hidoyatga boshlamadimi?"
Zuho surasi, 7-oyat.

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 11

2023-02-10 22:01:59
1.5K views19:01
Ochish/sharhlash
2023-02-10 21:49:04
Satr ne’mati nima?
1.6K views18:49
Ochish/sharhlash
2023-02-10 21:04:58
Qiyinchiligini ko'rmay turib, mukofotiga tolibmisiz?!

Hazrati Mavlono
1.7K views18:04
Ochish/sharhlash
2023-02-10 16:19:55
2.6K views13:19
Ochish/sharhlash
2023-02-10 12:44:56 Kechasi shukr qilib uyquga ketmoqdamiz. Ko'zlarimizni yumishdan oldin "Allohim, ertaga O'zing sog' salomat holda uyg'ot", deya duo qilamiz. Ertalab bomdod namoziga ko'zlarimizni ochamiz yoki namozni ham o'tkazib yuborib uxlab qolamiz. Uyg'ongach, ota-onamiz, jigarlarimiz bilan kulishib, ertalabki nonushtani qilamiz. Ba'zida esa, ota-onamizning tortishayotganlarini eshtib qolib uyg'onamiz. Muhimi, ularning ovozlari quloqlarimiz ostida jaranglab turibdi. Ba'zan, opa-singil, aka-ukalarimiz bilan nimalarnidir talashib, urishib qolamiz, lekin ular bilan gaplasha olyapmiz, yonimizda ular. Tanbehlarni eshitsak-da, jigarlarimiz bilan birgamiz. Yaqinlarimiz bilan urishib qolamiz, "Ertaga yarashib olarman, uzr so'rayman yoki uni uzr so'rashini poylayman, axir ayb unda-ku", deya uyquga ketamiz, ertasi kuni esa, o'ylaganimizdek, yarashib olamiz yoki yana kunlar o'tishini poylab yuramiz. Biror yegulikni ertaga olib qo'yamiz, ba'zan rizq ketidan quvib yuramiz, axir insonmiz-da... Ertani kelishini kutib, bugunini unutadiganlardanmiz. Bugungi tavbalarni doim ertaga qoldiradigan, yaqinlarimizga bugun aytmoqchi bo'lgan gaplarni "Ertaga aytarman, kun borku", deydiganlardanmiz... Bilmaymiz-ki, ba'zan erta kelmasligini yoki ertaga u yaqinlarimiz yonimizda bo'lmasligini...

Atrofdagi bo'layotgan hodisalar ba'zilarimizga hech qanday ta'sir o'tkazmayapti, ayrimlarimizni esa ibrat olishga, o'ylashga, tafakkur qilishga sabab bo'ldi va bo'lib kelmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda xabarlarni ko'rib, ham Allohning buyuk qudrat sohibi ekanligini, Uning "Bo'l!" deyishi bilan jonlar omon qolishi va insonlar qo'li bilan yaratgan ulkan binolar qulashini guvohi bo'ldik... Uning birgina so'zi bilan dunyo yaralishi hamda hech bo'lmagandek tugashini his qildik. Ertani kelishini intizorlik bilan kutib, ba'zan ertaning Uning fazli ila tamoman boshqacha kelishini ko'rdik...

Ularning o'rnida biz, ota-onamiz, jigarlarimiz, birodarlarimiz bo'lishi mumkin edi. Yig'layotgan, qo'lidagi pechenyelarini farzandlari topilishi bilan ularga yedirmoqchi bo'lgan ota bizning otamiz bo'lishi mumkin edi. Ro'moli yo'qligi sababli "Tashqariga chiqmayman, menga ro'mol bering", degan qiz biz bo'lishimiz mumkin edi. Farzandlarini qutqarolmasdan, juftidan uzr so'rayotgan ota, uning so'zlarini qalbi yonib tinglayotgan ona - bizning onamiz bo'lishi mumkin edi. Bir qiz farzandini o'limini ko'rgan va "Ikkita qizim ham bir xonada uxlashar edi, hech bo'lmasa, ikkinchisini qutqaring", degan ota bizning otamiz bo'lishi mumkin edi. Tug'ilishi bilan onasiz qolgan yetim go'dak - bizning farzandimiz bo'lishi mumkin edi... Boshpanasi bo'lgan qadrdon uyi - endi o'z ustiga qulashini hech ham o'ylamagan insonlarning o'rnida balki biz bo'lishimiz mumkin edi...

Bizni yana tafakkur qilishga undagan, yana qayta-qayta imkon berayotgan Allohim... Sening huzuringdan yana Sening huzuringga qochayotgan bandalaringni gunohlaridan o't...

O'ttiz, ellik soatlab tor joyda qolib ketgan bandalarini O'z qaramiga olgan, O'zi omonlikda saqlagan Robbim... Har nega qodirsan... O'zing qullaringni omon saqla, hech bir ota-onaga farzand dog'ini chektirma, murg'ak go'daklarni ularsiz qoldirma, Allohumma Amiyn...

@paradise_pg
3.6K views09:44
Ochish/sharhlash
2023-02-10 12:36:57 Hech o’ylab ko’rganmisiz siz intilayotgan narsa, siz orzu qilayotgan ish yoki uy joy bari yo’q bo’lib ketganda qiymatga ega bo’larmikin?...
2.8K views09:36
Ochish/sharhlash
2023-02-09 20:38:24
Balki ular so’nggi bor birga choy ichishgandir,
So’nggi bor birga oila davrasida suhbat qurishgandir,
Oxirgi bor bir-birlarini yuzlariga qarashgandir va bilishmaganki, bu tong ular uchun boshqacha kelishini…

“Alloh biladi, siz bilmaysiz”…

O’zingga suyanamiz va Sendan boshqa afzal omonatchimiz yo’q, Robbim…
4.6K views17:38
Ochish/sharhlash
2023-02-09 19:51:12
Ajib insonlar…
3.5K views16:51
Ochish/sharhlash
2023-02-09 15:18:12
2.0K views12:18
Ochish/sharhlash
2023-02-09 13:33:23
Hammaga Assalamu alaykum, Turkiyaga gumanitar yordam bermoqchi bo’lganlarni chaqiramiz, kiyim kechaklar, ayollarga gigienik narsalar va bolalarga pamperslar olmoqdamiz hozircha yig’ilgan pullarga ayollarga 40 dona gigienik narsalar bilan yangi kiyimlar kurtkalar oldik yana yig’ishni davom etmoqdamiz yordamingizni kutib qolamiz…

Yordam bermoqchi bo’lganlarga kartalar qoldiramiz…


8600612024259698
Barkinova Mushtariy

4151680014001158
Anaxon Sultanova
2.1K views10:33
Ochish/sharhlash