Get Mystery Box with random crypto!

Allohim, men kechirilishi muqarrar bir odamdek ish tutdim - gu | الجنة 𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

Allohim, men kechirilishi muqarrar bir odamdek ish tutdim - gunohlar qarshisida titramadim, qo’rqmadim, xavotirga tushmadim. Bularning hammasi Seni tanimaganim uchundir. Allohim, menga O’zingni tanit. Kibrlanuvchilar va kimligini unutuvchilardan qilma. Haddimdan oshsam, jazoning muqarrar ekanligini eslaguvchilardan, tavbaga shoshiluvchilardan qil. Qahr-u g’azabingga uchrab jazolanishga hukm etiladigan, uzunligi ellik ming yilga teng bo’lgan qiyomat kunida abgor va sharmisor holda bo’ladiganlar safida turishdan panoh so’rayman.

Buyurganing ishlarda sobitqadam, azm-u qarorli bo’lishga intilyapman. Qalbimdagi kasalliklarni aniqlashga bel bog’ladim. Bu mashaqqatli yo’lda - kurash va jur’at yo’lida matonatli bo’lishimga yordam ber.

Gohida qanotsiz bo’lib qolaman. Bergan rizqingga qanoat qilmayman. Allohim, meni yaxshiliklar bilan to’xtat. Musibatlarda qoldirma. Meni musibat kelgandagina seni eslaydiganlar safidan chiqar. Ishqing bilan dardmand bo’lganlardan qil.