Get Mystery Box with random crypto!

Alamli holatlar Endigina oynani artganingda, yomg‘ir yog‘ad | الجنة 𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

Alamli holatlar

Endigina oynani artganingda, yomg‘ir yog‘adi...

Uydan ishga vaqtli ketaman deb chiqasan, lekin avtobus bo‘lmaydi...

Yangi kiyim kiyasan, lekin o‘sha kuniyoq unga dog‘ tegadi...

Uyga vazifani qilib borasan, lekin aynan o‘sha kuni ustoz darsga kelmaydi...

Eng yaxshi ko‘rgan kitobingni puling kamligidan ololmaysan, pul yig‘ib endi olaman deganingda, sotuvda qolmagan bo‘ladi...

Yaqin insonlaringga ancha vaqtdan beri yozmaysan, endi yozaman deganingda, u ham yozib qoladi: "Haa, esingdan chiqib qoldimmi?" deb...


Mana hozir ham o‘tirdim, ko‘p narsa yozaman deb. Lekin endi hech narsani eslolmayapman :)


Yana shu kabi qiziq, ammo og‘riqli holatlarni yozing!