Get Mystery Box with random crypto!

Anas ibn Molik rodiyallohu anhu aytdilar: “Rasululloh solallo | الجنة 𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

Anas ibn Molik rodiyallohu anhu aytdilar:

“Rasululloh solallohu alayhi vasallamning uylariga kirdim, ul zot to'qilgan bir karavot ustida edilar. Boshlari ostida esa xurmo po'stlog'i bilan to'ldirilgan yostiq bor edi. Karavot bilan badanlari orasida birgina ko'ylaklari bor edi xolos. Hazrati Umar rodiyallohu anhu u yerga kirib yig'ladilar.

Rasululloh solallohu alayhi vasallam: “Nega yig'layapsan, ey Umar?” - deb so'radilar.
Umar rodiyallohu anhu: "Nega yig'lamayin, yo Rasululloh, Xudo haqqi, siz Allohga Qaysar-u Kisrolardan hurmatliroq bo'lganingiz holda, ular dunyo huzur-halovotlari ichra yashamoqdalar. Siz esa ko'rib turganimday hayot kechirmoqdasiz", dedilar. Shunda Rasululloh solallohu alayhi vasallam:
"Ey, Umar, sen bu dunyo ularniki, oxirat bizniki bo'lishini istamaysanmi?" - dedilar.
"Albatta istayman, ey, Allohning Rasuli" - dedi Umar.
Ul zot: "Shuning uchun shunday" - dedilar.


Imom Buxoriy rivoyati