Get Mystery Box with random crypto!

Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh Kanal boti ho | الجنة 𝑝𝑎𝑟𝑎𝑑𝑖𝑠𝑒

Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh

Kanal boti hozirda yo’q bo’lsa-da, bizga ba’zi savollar kelib tushadi.

• Kanalingizda reklama xizmati qancha?

- Kanalda reklama xizmati pullik emas. Va hozirda begona kanallarni umuman reklama qilmayapmiz. Faqat tanishlarnikini shunchaki tavsiya qilib beryapmiz.

• Kanalingiz qachon ochilgan, admin nechta..?

- Kanalimiz 17.07.2019 dan boshlab faoliyat yuritadi. Ushbu kanalni rivojlantirish, siz kabi sodiq obunachilarni topish biz uchun ham oson bo’lmagan aslida. Ya’ni, mehr berilishi kerak demoqchiman. (Ammo, hozir o’zim kanalga yetarli darajada e’tibor qaratmayapman).
Kanalga post joylaydigan admin faqat 1 dona. Birodarlarimizni ham admin qilib qo’yganmiz. (Ular post joylashmaydi.)

• Kanal nima uchun ochilgan?

- Manfaatga to’la kanal deb ayta olmaymiz. Shunchaki, hamma o’ziga keraklisini olishi uchun. Aytishadi-ku “Faqat go’zallikni ko’radigan ko’zlar naqadar go’zal ko’zlar” deb.

Agar biror manfaat olayotgan bo’lsangiz, biz bundan xursandmiz.

Ushbu kanalim bilan boshimizdan ancha-muncha narsalar o’tgan deb ham qo’shib qo’yishim kerak aslida :)