Get Mystery Box with random crypto!

#feedback 'Notanish odamlar bilan tanishing, suhbatlashing'. | Panda Books

#feedback

"Notanish odamlar bilan tanishing, suhbatlashing".

Shunday demoqda nazariyachi olim Behzod aka Hoshimov. Kecha u kishi tavsiya qilgan New-York Times'dagi maqolani o'qib chiqdim. Unda muallif Devid Bruks o'z do'sti Nikolas Epley o'tkazgan ijtimoiy tadqiqot va G'arbning eng katta ijtimoiy muammolaridan biri - yolg'izlikka to'xtalgan.

Bir kuni Nikolas Epley poнezdda Chikago universitetidagi ofisiga ketayotgan edi. Ijtimoiy soha bo'yicha olim sifatida u ijtimoiy aloqalar bizni baxtli, sog'lom va muvaffaqiyatli qilishini va umuman hayotning shirinligiga hissa qo'shishini yaxshi biladi. Shunga qaramay, u vagonga qaraydi va tushunadi: Hech kim hech kim bilan gaplashmayapti! Hamma shunchaki naushniklar va gazetalar bilan band edi.

Epley so'rovnoma o'tkazadi va ma'lum bo'ladiki, ko'pchilik begonalar bilan gaplashishni yoqtirmas ekan. Ular bu noqulay, zerikarli va charchoqli bo'lishiga ishonishadi. Onlayn so'rovda qatnashgan odamlarning atigi 7%i kutish zalida notanish odam bilan gaplashishini aytadi. Faqat 24 %i poyezdda begona bilan gaplashisharkan.

Ba'zida introvertlar bunday vaziyatlarga ayniqsa passiv fikrda bo'lisharkan. Lekin introvertlar ham, ekstrovertlar ham yolg'iz yurishdan ko'ra ko'proq suhbatdan zavqlanishi ma'lum bo'ldi. Chunki inson har qancha introvert bo'lishga intilmasin, ijtimoiy mavjudot hisoblanadi va usiz yashay olmaydi.

Maqolada aytilishicha, odamlar qo'llab-quvvatlashni so'rab murojaat qilinganda boshqalarning ijobiy javob berishini past baholarkanlar. Biz dunyoni tashvishli-dahshatli tarzda ko'ramiz, bu esa bizni "fun, educational and rewarding" bo'lgan ijtimoiy vaziyatlardan qochishga majbur qiladi.

Ko'pchiligimiz ijtimoiy munosabatlarning buzilishi haqida yozamiz. Yangi chiqayotgan kitob muqovalariga qarang deydi muallif: "Yolg'iz asr", "Munosabatlar inqirozi" yoki "Yo'qolgan rishtalar" nomli asarlar ko'paydi.

Notanish insonlar bilan tanishish kerak, bu bizga yangi bilimlar va o'rganishga nimadir beradi. Yaxshi tadbirkorni uning qanchalik ko'p tanishi borligidan ham bilsa bo'ladi. Hozirgi sizning yaqinlaringiz bilan ham qachonlardir notanish, begona bo'lgansiz.

Xullas, maqolani o'qib chiqishni tavsiya qilaman.

@panda_books