Get Mystery Box with random crypto!

Baʼzida qalbda sokinlik bilan birga ichkaridan chiqib keluvchi | O'zingni angla

Baʼzida qalbda sokinlik bilan birga ichkaridan chiqib keluvchi, sokinlik ostida "bostirilib" turgan, agar boʻshab ketgudek boʻlsa hamma yerni agʻdar toʻntar qilib gʻorat qiladigan qandaydir katta toʻfon bor. Va uni borligini eslashing bilan ichingdan nimadir uziladi. Uni yuzaga chiqishi esa nimalarga olib kelishi haqida oʻylamaysan. Esingga tushsa oʻzingni boshqa narsaga chalgʻitasan. Xuddiki oʻsha toʻfonni mavjud emasdek oʻzingni tutasan. Uxlaysan, kitob oʻqiysan, telefonga chalgʻiysan... Oʻzing bilan oʻzingsan...