Get Mystery Box with random crypto!

Ish. Choy. Suhbat. Ovqat. Yana ish. Hamma narsa o‘ylangan. Pux | O'zingni angla

Ish. Choy. Suhbat. Ovqat. Yana ish.
Hamma narsa o‘ylangan. Puxta.
So‘ng sen kelding. Boshlandi yonish
Muvozanat yo‘qoldi. Nuqta.

Men quladim yam-yashil yozga,
Maysalarda qoldim bearmon.
Men quladim guldagi nozga —
Arilarning kuyiga. Tamom.

Men quladim ko‘z yoshlaringga,
Tushlaringga, undan ham nari...
Men quladim qaroshlarishta —
Borsa kelmas muhabbat sari.

Men quladim yuksak falakka —
Tubsiz zulmat bilan betma-bet.
Tamom. Nuqta. Samovat chekar —
Lablarida beson sigaret.

Hamma narsa o‘ylangan. Puxta.
Tong otadi. Quyosh kuladi.
Muvozanat yo‘qoldi. Nuqta.
Tamom. Sog‘inch qadar quladim.

- Usmon A'zim