Get Mystery Box with random crypto!

Futbol uzbekistan | OZBEKISTON FUTBOLI

Telegram kanalining logotibi ozbekiston_futboli — Futbol uzbekistan | OZBEKISTON FUTBOLI F
Telegram kanalining logotibi ozbekiston_futboli — Futbol uzbekistan | OZBEKISTON FUTBOLI
Kanal manzili: @ozbekiston_futboli
Toifalar: Sport
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 25.60K
Kanalning ta’rifi

@OZBEKISTON_FUTBOLI O'zbek futbolini yortib boruvchi telegram tarmoqdagi yetakchi kanal.
Eng so'ngi yangiliklar va O'yinlarning online translatsiyasi faqat bizning kanalda.

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 27

2022-07-14 09:28:48


Юрий Саркисян “Нефтчи” янги бош мураббийи Левченкога омад тилаб, тўн кийдирди

Тошкентда Суперлига иккинчи даврасига тайёргарлик кўраётган “Нефтчи” жамоаси машғулотларига Фарғона футболининг афсонаси, жамоанинг кўп йиллик устози Юрий Саркисян ташриф буюриб, янги бош мураббий Виталий Левченкога фаолиятида омад тилади ва тўн кийдирди.

“Мен ҳаётимда нимага эришган бўлсам, барини менга “Нефтчи” берди” деб таъкидлади ўз сўзида Юрий Саркисян.

@OZBEKISTON_FUTBOLI
4.3K viewsedited  06:28
Ochish/sharhlash
2022-07-14 07:02:40 1-davra qanday o‘tdi

Ko‘zguda - NASAF

Osiyo chempionlar ligasida tarixiy natija qayd etib futbolimiz muxlislarini xushnud etgan qashqadaryolik futbolchilarning chempionatimizdagi natijalari ham juda yaxshi bo‘ldi deya olamiz. Nasaf jamoasi birinchi davrani 2-o'rinda yakunladi. 1-o'rinda tugatishi ham mumkin edi. Biroq Nasaf yetakchi Navbahordan 1 ta kam o‘yin o‘tkazdi.

Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari birinchi davrada mag‘lub bo‘lmagan yagona jamoaga aylanishdi. 12 ta o‘yinning 6 tasida g‘alaba qozonishdi , shuncha o‘yin durang bilan yakunlandi.

Jamoa birinchi davradan so‘ng eng sermahsul jamoa bo‘lib turibdi. "Ajdarlar" birinchi davrada jami 21 ta gol urishga muvaffaq bo‘lishdi.

To‘plar nisbati bo‘yicha ham eng yaxshi natija Berdiyev jamoasida. Nasaf 12 ta o‘yindan so‘ng +13 ko‘rsatkichga ega bo‘lib turibdi.

Shuncha ijobiy natijalar sohibi bo‘lib turgan Nasafni chempionat yetakchisiga aylana olmaganligiga faqat bir omil sabab bo‘ldi. Jamoa duranglarni ko‘paytirib yubordi. So‘ngi 4 ta bahsning 3 tasi durang bilan yakunlangani fikrimizga dalil bo‘la oladi , albatta.

Umumiy xulosaga keladigan bo‘lsak , Nasafning 1-davradagi ishtirokidan so‘ng , uni bu mavsum chempionlik uchun asosiy da'vogar 2 ta jamoadan biri ekanligiga ishonch hosil qildik. Ko‘ramiz. Berdiyev shogirdlari ikkinchi davrada ham g‘olibona yurishini davom ettira olisharmikin

@OZBEKISTON_FUTBOLI
4.3K views04:02
Ochish/sharhlash
2022-07-14 04:49:34
Igor Sergeev gol urgan o‘yinda Tobol 5:1 hisobida mag‘lub bo‘lib chempionlar ligasi saralashidan chiqib ketdi

@OZBEKISTON_FUTBOLI
4.4K views01:49
Ochish/sharhlash
2022-07-13 22:44:26
Igor Sergeyev UEFA Chempionlar Ligasining saralashida gol urdi

@OZBEKISTON_FUTBOLI
4.7K viewsedited  19:44
Ochish/sharhlash
2022-07-13 19:52:02
Aleksandr Genrix super golni tomosha qiling.

Qani mana shu gol qancha Rekasiya yeg'a olar ekanmiz.


Reaksiya qoldiramiz

@OZBEKISTON_FUTBOLI
5.4K viewsedited  16:52
Ochish/sharhlash
2022-07-13 19:04:42
Bugun, Igor Sergeyev to‘p surayotgan "Tobol" klubi Yevropa Chempionlar ligasi saralash bosqichi javob uchrashuvini Vengriyada o‘tkazadi

Yevropa Chempionlar ligasi
(Birinchi uchrashuv 0:0)

Ferensvarosh Tobol

23:00
Qazsport HD
Grupama (Budapesht)


@OZBEKISTON_FUTBOLI
5.6K viewsedited  16:04
Ochish/sharhlash
2022-07-13 18:02:47
Jurnalist:
— Agar sizga “Barselona”dan taklif tushsa qabul qilarmidingiz?!

U:
— “Barselona”da oʻynash?! Men qizlar bilan futbol oʻynamayman.

“U” kimligini bilasizmi?!
3.5K views15:02
Ochish/sharhlash
2022-07-13 17:07:20 Rustam Ashurmatovga xorijdan jiddiy takliflar kelgan

Xususan Rossiyaning nomdor jamoasi va Qatar Yulduzlar ligasidan Ashurmatovga jiddiy takliflar bor. Biroq «Navbahor» mavsum oʻrtasida tabiiyki futbolchini qoʻyib yuborishni istamaydi.

Rustam Ashurmatov ham «Navbahor» bilan oʻrtadagi bitim buzmasdan qishda xorijdan keladigan takliflarni koʻrib chiqishga koʻngan. Aslida futbolchida transferini sotib olish huquqi mavjud, xorij klubi ham ushbu opsiyadan foydalanishga rozi. Lekin futbolchi insoniylik tarafdan bu ishni yozda amalga oshirmoqchi emas.

«Navbahor»ga esa tez orada osiyolik futbolchi kelishi kutilmoqda.

Shahboz Beg'amov

@OZBEKISTON_FUTBOLI
5.4K views14:07
Ochish/sharhlash
2022-07-13 15:06:55
Shomurodov asosiy tarkibda maydonga tushgan bahsda "Roma" ingliz klubini yengdi.

O’rtoqlik uchrashuvi

“Roma” 2:0 “Sunderland”

Gollar : Afena-Gyan 75', Zanyola 80'.

@OZBEKISTON_FUTBOLI
4.8K viewsedited  12:06
Ochish/sharhlash