Get Mystery Box with random crypto!

Futbol Uzbekistan • Superliga

Telegram kanalining logotibi ozbekiston_futboli — Futbol Uzbekistan • Superliga F
Telegram kanalining logotibi ozbekiston_futboli — Futbol Uzbekistan • Superliga
Kanal manzili: @ozbekiston_futboli
Toifalar: Sport
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.28K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿O'zbekiston futbolini yortib boruvchi maxsus telegram kanal
Instagram : https://www.instagram.com/ozbekiston_futboli
Youtube : https://youtube.com/channel/UCTk2oJG6BDZl48Saq0mCg5A
Telegram : https://t.me/OZBEKISTON_FUTBOLI

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 21

2022-09-02 10:26:35
O‘zbekiston Coca-Cola kubogi. 1/4 final uchrashuvlarini o‘tkazib yuboradigan futbolchi va rasmiylar

@OZBEKISTON_FUTBOLI
2.4K viewsedited  07:26
Ochish/sharhlash
2022-09-02 09:12:53
Телефонингизда Кино ёки Футбол томоша қилишни ёқтирасиз, лекин бир томондан телефонни кино тугаганича қўлда ушлаб ўтириш хечам ёқимли эмаслигиниям биламиз.

“3D EKRAN” — Энди футбол, концерт ва севимли фильмларни катталаштириб 3D форматда томоша қилинг. Бунинг учун арзимаган нархда махсулотимизга буюртма берсангиз кифоя. Уйингизга текинга етказиб берамиз...

Ёз фаслида қайноқ акция!

Narxi - 159.000 so'm

BUYURTMA BERISH
https://websavdo.uz/v/86DxWESR34
https://websavdo.uz/v/86DxWESR34

@SOTUVCHI_BOLA_WEP Telegramdan buyurma berish uchun bizga yozing!
2.6K views06:12
Ochish/sharhlash
2022-09-02 06:15:31
#MATCH_DAY

Oʻzbekiston Superligasidan oʻrin olgan Navbahor - Paxtakor oʻyini juda yuqori darajada oʻtishini tahmin qilgan edik. Shunday boʻldi ham. Biroq jamoalar Oʻzbekiston kubogi oldidan "kartani ochib qo'ygilari kelmadi" chogʻi , birinchi oʻringa ehtiyotlikni qoʻyib oʻynashdi. Bir soʻz bilan aytganda Superliga doirasida boʻlib oʻtgan bahs "Toʻfon oldidan yengil sukunat" deganlaridek gap boʻldi.

Bugun haqiqiy jangni koʻrish ehtimolimiz juda yuqori. Sababi bugun jamoalar bizni durang bilan "alday" olishmaydi. Bugun kimdir yutishi kerak. Modomiki shunday ekan qiziqarli oʻyin boʻlishini kutishga haqlimiz. Demak , ortiqcha taʼrifga hojat yoʻq. Bugun boʻlib oʻtadigan "TITANLAR JANGINI" oʻtkazib yubormang

NAVBAHOR PAXTAKOR

@OZBEKISTON_FUTBOLI
3.4K views03:15
Ochish/sharhlash
2022-09-02 06:07:08
Bugun Oʻzbekiston kubogi chorak finalidan oʻrin olgan 2 oʻyin boʻlib oʻtadi

@OZBEKISTON_FUTBOLI
3.2K views03:07
Ochish/sharhlash
2022-09-02 05:15:11 BAQOYEV QANDAY YOʻL TUTADI ?

Bugun Oʻzbekiston kubogining 1/4 final bahslari start oladi. Chorak finalning dastlabki oʻyinida Ulugʻbek Baqoyev boshchiligidagi Soʻgʻdiyona Navoiyning Qizilqum klubini qabul qiladi. Yaxshi bilasiz , Soʻgʻdiyona jamoasi bu bahsdan 4 kun oʻtib AFC kubogi doirasida Estern klubi bilan kuch sinashadi. Shu sabab aytishimiz mumkinki , Soʻgʻdiyonani ogʻir taqvim kutib turibdi. Xoʻsh , Soʻgʻdiyona qanday yoʻl tutarkin ? Nasafni bir eslaymiz...

Oʻtgan yili Qashqadaryo klubining chekiga ham shu tashvish tushgan. Yaʼni Nasaf AFC kubogidagi muhim oʻyin oldidan Oʻzbekiston kubogi chorak finalida ishtirok etishi kerak edi. Oʻshanda Roʻziqul Berdiyev chempionatdagi muvaffaqiyatlar va AFC kubogi sari tashlangan dadil qadamlar tufayli Oʻzbekiston kubogi musobaqasidan voz kechmoqchi boʻlgan va chorak finaldan oʻrin olgan Soʻgʻdiyonaga qarshi bahsda 2-tarkibni maydonga tushurgan.

Shundan soʻng , koʻpchilik Nasaf jamoasini kubokdan chiqib ketishini tahmin qilgan edilar. Biroq oʻsha kuni "ajdarlar"ning zaxira vakillari qahramonlik koʻrsatishdi va Nasaf 1 ta oʻq bilan 2 ta quyonni urdi (ya'ni , Nasaf Soʻgʻdiyonani 2-tarkibi bilan magʻlub etdi).

Qizigʻi shundaki , koʻpchilik mutaxassislar agar Berdiyev Chempionat va AFC kubogi uchun milliy kubokdan voz kechsa , bu toʻgʻri gʻoya deb fikr bildirgan edilar. Biroq yakunda Nasaf na Chempionatda muvaffaqiyat qozondi , na AFC kubogini yuta oldi. Aynan oʻzi voz kechmoqchi boʻlgan musobaqasi gʻolibligi yil yakunida "ajdarlar"ga nasib etdi
.

Demak , Soʻgʻdiyonaning oldida bugun 2 ta yoʻl bor. Biri 2-tarkibni maydonga tushirib kubokdan chiqib ketish , ikkinchisi , asosiy tarkibni maydonga tushurib AFC kubogidagi ishtirokiga xavf tugʻdirgan holda kubokdagi ishtirokini davom ettirishga harakat qilish. 4 kunda futbolchilar tiklanishga ulgurishadi deyishingiz mumkin. Bu gap Olimpik haqida aytilsa , qoʻshilgan boʻlar edim. Biroq gap Soʻgʻdiyona haqida ketmoqda. Ushbu jamoaning koʻplab futbolchilari 25 yoshdan katta futbolchilar. 30 dan oʻtganlari ham talaygina. Modomiki shunday ekan , ushbu jamoaning tiklanishi ham qiyin boʻladi.

Xullas , yaqin kunlar ichida Ulugʻbek Baqoyevni jiddiy sinovlar kutib turibdi. Koʻramiz , Baqoyev va Soʻgʻdiyona bu sinovlarni yengib oʻta olarmikinlar

@OZBEKISTON_FUTBOLI
3.9K viewsedited  02:15
Ochish/sharhlash
2022-09-01 21:14:21
Bugun oʻzbek futbolining yorqin vakillaridan biri, Oʻzbekiston terma jamoasi a’zosi Jaloliddin Masharipov oʻz tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Oʻzbek futboli jamoatchiligi hamda muxlislar nomidan Jaloliddin Masharipovni tabriklaymiz va faoliyatida ulkan zafarlar tilaymiz!

@OZBEKISTON_FUTBOLI
2.1K viewsedited  18:14
Ochish/sharhlash
2022-09-01 07:22:45
Berdiyev , Asimov deysilar. AGMK - Surxon oʻyinida boʻlibdi , janjalchani dodasi

Video by Zuhriddin Qilichev

@OZBEKISTON_FUTBOLI
4.5K viewsedited  04:22
Ochish/sharhlash
2022-08-31 23:40:12
Vatanimiz Mustaqilligining
31 yilligi muborak boʻlsin, aziz yurtdoshlar!


@OZBEKISTON_FUTBOLI
5.5K viewsedited  20:40
Ochish/sharhlash
2022-08-31 19:00:25
U21 Chempionati. 17-tur uchrashuvlari yakunlandi. Bugungi bellashuvdan so'ng musobaqa jadvali yuqoridagi ko'rinishda.

@OZBEKISTON_FUTBOLI
4.7K views16:00
Ochish/sharhlash
2022-08-31 18:48:32
Nokia 3310 telefoniga o'xshash J-Star 3310+
Siz xaqiqatdan xam O‘tmishga sayohat qilmoqchimisiz? Doimgidek biz siz uchun xizmatdamiz...

Legend J-Star 3310+ !!!
Juda sifatli 
2 ta sim karta
+2 MP kamera
Quvat to'ldirgichi bor
Sovg‘a uchun ham qulay tanlov

Narxi - 249.000 so'm

Mahsulot qo'lingizga yetib borganidan so'ng to'lov qilasiz

Yetkazib berish O'zbekiston bo'ylab bepul

BUYURTMA BERISH
https://websavdo.uz/v/86dgMmIG177
https://websavdo.uz/v/86dgMmIG177
https://websavdo.uz/v/86dgMmIG177
4.4K views15:48
Ochish/sharhlash