Get Mystery Box with random crypto!

Futbol Uzbekistan • Superliga

Telegram kanalining logotibi ozbekiston_futboli — Futbol Uzbekistan • Superliga F
Telegram kanalining logotibi ozbekiston_futboli — Futbol Uzbekistan • Superliga
Kanal manzili: @ozbekiston_futboli
Toifalar: Sport
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.28K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿O'zbekiston futbolini yortib boruvchi maxsus telegram kanal
Instagram : https://www.instagram.com/ozbekiston_futboli
Youtube : https://youtube.com/channel/UCTk2oJG6BDZl48Saq0mCg5A
Telegram : https://t.me/OZBEKISTON_FUTBOLI

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 11

2022-09-25 22:03:21 2023-yilgi Osiyo kubogiga tayyorgarlikni davom ettirayotgan Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi kecha Slovakiyaga qarshi oʻyin oʻtkazdi. Ravshan Haydarov jamoasiga oʻquv-mashg‘ulot yigʻinlari orqali reja asosida yurtimizda boʻlib oʻtadigan qit’a birinchiligida munosib ishtirok etish vazifasi qoʻyilgan.

Rejaga jismoniy tayyorgarlik bilan bir qatorda oʻquv-teoriya mashgʻulotlari ham kiritilgan. Bugun Oʻzbekiston futbol hakamlari markazi mutaxassislari ishtirokida maxsus seminar tashkil etildi. Unda yosh sportchilarimizga zamonaviy futbolga kirib kelayotgan yangi qoidalar amaliy keyslar yordamida tushuntirildi.

Seminarda ishtirok etgan O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov yoshlar bilan suhbatda futbolga kundan kunga yangi qoidalar kirib borayotgani, uning qoidalarini toʻliq bilmagan jamoaning gʻalaba qozonish imkoniyatini pasayishi mumkinligini ta’kidlab oʻtdi. Qayd etilishicha, endilikda barcha terma jamoalarga soʻnggi futbol qonun-qoidalari boʻyicha videomateriallar orqali tushuntirishlar berib boriladi.

“Har bir futbolchi qonun-qoidalarni yaxshi bilishi sariq va qizil kartochkalarni kamroq olishiga xizmat qiladi. Tahlil qiladigan boʻlsak, soʻnggi oʻyinlarda oʻzbekistonlik futbolchilarimiz koʻproq qizil va sariq kartochkalar olib, maydondan chetlatilmoqda. Aslida bizning futbol mentaliteti qoʻpol oʻyin asosiga qurilgan emas. Biroq bular shuni koʻrsatadiki, yoshlarimiz yo qoidani yaxshi oʻzlashtirmagan yoki psixologik jihatdan tayyor emas. Agressiv futbol kerak, lekin barchasini qoidaga muvofiq bajarish, jamoani qiyin ahvolga solib qoʻymaslik, provakatsiyaga uchmaslik talab etiladi. Oldimizda muhim turnir kutib turibdi. Bu kabi qoidalarni har bir futbolchi toʻliq oʻzlashtirsa, jamoani qiyin ahvolga solib qoʻyish mumkin boʻlgan har qanday koʻngilsiz hodisalarning oldi olinadi”, dedi Irmatov.

Seminar davomida yakkakurashlarda toʻgʻri harakatlanish, havodagi bahslarda qoʻpollik ishlatmasdan toʻpni olish, uchrashuv paytida hakam bilan muloqot qilish va ogohlantirishdan soʻng oʻzini tutish boʻyicha kerakli maʼlumotlar berildi. Mutaxassislar bir qancha vaziyatlarni namoyish etib, bu borada futbolchilar bilan savol-javob oʻtkazdilar.

Maʼlumot uchun, bu kabi seminarlar barcha yosh toifasidagi terma jamoalar uchun tashkil etilishi rejalashtirilgan.

@OZBEKISTON_FUTBOLI
3.7K viewsedited  19:03
Ochish/sharhlash
2022-09-25 22:03:21
Bugun Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi “Syrenka Cup” turnirining 2-turi doirasida meksikalik tengdoshlariga qarshi maydonga tushdi. Kurashlarga boy tarzda oʻtgan uchrashuvda Jamoliddin Rahmatullayev shogirdlari 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdilar.

Maʼlumot uchun, vakillarimiz 3-turda Ruminiya terma jamoasiga qarshi oʻyin oʻtkazadi. Uchrashuv 27-sentyabr kuni boʻlib oʻtadi.

@OZBEKISTON_FUTBOLI
3.5K viewsedited  19:03
Ochish/sharhlash
2022-09-25 16:52:30
Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasining bugungi mashgʻulotlaridan videolavha

@OZBEKISTON_FUTBOLI
2.2K viewsedited  13:52
Ochish/sharhlash
2022-09-25 16:52:05
Oʻzbekiston U-23 terma jamoasining bugungi mashgʻulotlaridan fotogalereya


@OZBEKISTON_FUTBOLI
2.3K viewsedited  13:52
Ochish/sharhlash
2022-09-25 10:50:15
Oʻzbekiston milliy terma jamoasining bugungi mashgʻulotlaridan fotogalereya

@OZBEKISTON_FUTBOLI
3.4K views07:50
Ochish/sharhlash
2022-09-25 10:49:53
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Rustam Ashurmatov individual mashgʻulotlarni boshladi

@OZBEKISTON_FUTBOLI
3.3K viewsedited  07:49
Ochish/sharhlash
2022-09-25 09:08:36
FIFA Jahon chempionati oldidan milliy terma jamoalar faoliyatiga aniqlik kiritdi

BATAFSIL

@OZBEKISTON_FUTBOLI
3.6K viewsedited  06:08
Ochish/sharhlash
2022-09-24 18:06:51
2.9K viewsedited  15:06
Ochish/sharhlash
2022-09-24 08:39:15
Kecha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Rustam Ashurmatov Kamerunga qarshi bahsda jarohat olib, maydonni tark etgan edi. Tekshiruv xulosalariga koʻra, futbolchining jarohatiga lat yeyish tashxisi qoʻyilgan. Mutaxassislarga koʻra, bu suyak toʻqimalarining jiddiy jarohatini keltirib chiqarmagan.

Davolash-tiklanish jarayoni boshlab yuborilgan boʻlib, futbolchimiz ertadan individual mashgʻulotlarda ishtirok etishi kutilyapti. Shifokorlarning tavsiyasiga koʻra, u Kosta-Rikaga qarshi bahsda ishtirok etmaydi.

@OZBEKISTON_FUTBOLI
2.6K viewsedited  05:39
Ochish/sharhlash
2022-09-23 22:53:27
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi keyingi uchrashuvni Kosta-Rikaga qarshi oʻtkazadi. Bugun mazkur jamoa mezbon Koreya bilan oʻynab, jangovar durang qayd etdi.

Koreya Respublikasi 2:2 Kosta-Rika

Uchrashuvda kiritilgan gollarni tomosha qiling.

@OZBEKISTON_FUTBOLI
3.8K viewsedited  19:53
Ochish/sharhlash