Get Mystery Box with random crypto!

Telefonni zaryadlash uchun sarflanadigan elektr energiyaning n | Oylik Qancha?

Telefonni zaryadlash uchun sarflanadigan elektr energiyaning narxi qancha?

Smartfonlar hayotimizning ajralmas qismiga aylandi, shuning uchun ko'pincha biz ularga qancha pul sarflayotganimizni ham bilmaymiz.

Masalan, I phone 13 telefonining batareya quvvati 3227 mA/soatni tashkil etadi va buni 1000 ga bo'lib 3,8 (batareyaning ish kuchlanishi 3,8 voltni tashkil qiladi) ga ko'paytiramiz.

((3227/1000) * 3,8)/1000=0,01226

Natija taxminan 12,26 vt/soat yoki 0,01226 kVt/soat chiqadi.

Yurtimizda 1 kVt/soat elektr energiya uchun 295 so‘mni tashkil etadi va buni 0,01226 ga ko'paytiramiz:

295*0,01226=3,6167 so'm ekan.

Demak I Phone 13 telefonini bitta zaryadlash narxi atiga 3 so'mu 61 tiyinga tushar ekan va bu bir yilda (agar kuniga atiga bir marta zaryadlasez) 1 317,65 so'm bo'ladi.

Shuni unutmaslik kerakki "rozetka"da qolib ketgan zaryadlovchi qurilma doimo elektr energiya sarflaydi. Lekin bu shu darajada kamki sizning elektr energiyaga to'lovingizga ta'sir qilmaydi.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli