Get Mystery Box with random crypto!

O'zbekistonda QQS tushdi narxlar esa ko'tarildi O‘zbekistonda | Oylik Qancha?

O'zbekistonda QQS tushdi narxlar esa ko'tarildi

O‘zbekistonda qo‘shilgan qiymat solig‘ining (QQS) 15 foizdan 12 foizga tushirilishi narxlarning tegishli ravishga tushishiga olib kelmagan. Bu degani boshqa barcha omillar ta’sir kuchini to‘xtatib turilgan taqdirda ham 2,6 foizga tushishi kerak bo‘lgan narxlar 0,3 foizga oshgan.

Narxlar tushishi faqatgina UzAutoMotors avtomobillarida kuzatilgan, lekn kompaniya qimmat modellari narxini oshirishi bilan bu ko'rsatgichni ham yopib yuborgan.

Buning sababi xufyona iqtisodiyot ulushi kattaligi, raqobat muhitining shakllanmagani va narxlarga ta’sir qiluvchi dollar, pul massasi, qayta moliyalash stavkasi kabilarning ta’siri oshib borayotganidir.

Shuni ta'kidlash kerakki, 2023 yilning yanvar oyida jami 1 043 ta ariza bo‘yicha 975 ta tashkilotga 1 161,9 mlrd so‘m QQS qaytarilgan.

Shuningdek, QQS'ning pasaytirilishi davlat budjeti daromadlarining qariyb 14 trillion so‘mga kamayishiga olib keladi.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli