Get Mystery Box with random crypto!

Eng qimmat avtomobilni O'zbekistonga olib kirish xarajatlari q | Oylik Qancha?

Eng qimmat avtomobilni O'zbekistonga olib kirish xarajatlari qancha?

Tanishing, rasmda dunyodagi eng qimmat avtomobil – $19 mlnlik Bugatti La Voiture Noire.

Endi Oʻzbekistonga olib kirish xarajatlari bilan tanishib chiqamiz:

Qonunchiligmizga ko'ra, Bugattining dvigateli hajmi 7993 sm³ ligini inobatga olsak sizning xarajatlaringiz tarkibi quyidagicha bo'ladi:

— Avtomobil narxi – $19 000 000
— Boj to'lovi – 30% + $3/sm³ = $5 700 000 + $23 979
— Aksiz solig'i – $3,1/sm³ = $24 779
— QQS – 12% = $2 280 000
— Respublika Yo'l fondi yig'imi – boj to'lovining 3 foizi = $171 719
— Avtomobilni ro'yxatdan o'tkazish = $3 000

Demak, biz O'zbeklar uchun dunyodagi eng qimmat avtomobil $19 mln emas $28 635 791 ekan, deyarli 325 mlrd so'm boʻladi va buni toʻlash uchun 3 mln soʻm oylik oladigan oʻqituvchi 9 027 yil ishlashi kerak.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli