Get Mystery Box with random crypto!

Mahallalardagi yoshlar yetakchisining oylik maoshi qancha? Pr | Oylik Qancha?

Mahallalardagi yoshlar yetakchisining oylik maoshi qancha?

Prezident qaroriga asosan 2022-yil yanvar oyida maktablardagi yoshlar yetakchilari shtat birliklari qisqartirilib, uning o‘rniga respublikadagi har bir mahallada yoshlar yetakchisi lavozimi joriy etilgan.

Yetakchining oylik ish haqi miqdori u biriktirilgan mahalladagi xonadonlar soniga mutanosib ravishda quyidagicha belgilanadi:

— xonadonlar soni 500 tagacha bo‘lgan mahallada — mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5 baravari (4,6 mln so‘m) miqdorida;
— xonadonlar soni 501 tadan 1 000 tagacha bo‘lgan mahallada — MHTEKMning 5,5 baravari (5,06 mln so‘m) miqdorida;
— xonadonlar soni 1 000 tadan ortiq bo‘lgan mahallada — MHTEKMning 6 baravari (5,52 mln so‘m) miqdorida.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli