Get Mystery Box with random crypto!

$100 , $1000 va $10,000 lik logotiplarning farqi nimada ? Bug | Oylik Qancha?

$100 , $1000 va $10,000 lik logotiplarning farqi nimada ?

Bugungi kunda nafaqat yirik kompaniyalar, balki ko`plab kichik firmalar ham o`zlarining shaxsiy logotiplariga ega.

Logotiplarning narxlari $5 dan $1,000,000 gacha bo`ladi.
Bugun sizlarga nima uchun logotiplarning narxlari bir-biridan keskin ravishda farq qilishini qisqacha tushuntirishga harakat qilaman. $5 lik logotiplarni aytarli logotip deb bo`lmaydi, shuning uchun $100 likdan boshlaylik.

$100 lik logotiplarda quyidagi jarayonlar ro`y beradi
—Mijozlardan dizayn yo'nalishlari so'raladi (sevimli ranglar, shriftlar, belgilar, qaysi kayfiyatda bo`lishi va boshqalar).
—Tezda bir nechta variatlar yaratilib, mijozga o'zlariga yoqqanini tanlashni taklif qilish.
—Mijoz ma'lumotlari asosida tanlangan variantni aniqlashtirish.
—Yakuniy logotip va hisob-fakturani yuborish.
Bunaqa logotiplarni tayyorlash uchun bir necha soat kifoya qiladi.

@Oylikqancha — foydali va qiziqarli