Get Mystery Box with random crypto!

QOMUS Fuqarolik jamiyati paydo boʻlibdiki, qonunlar, qoidalar | Oybek blogi

QOMUS

Fuqarolik jamiyati paydo boʻlibdiki, qonunlar, qoidalarsiz uni tasavvur etib boʻlmaydi. Insonlarning ehtiyojlaridan, imkoniyatlaridan va albatta davlat manfaatlaridan kelib chiqib, jamiyatni tartibga solib turuchi qonunlarsiz mamlakat boʻlmasa kerak. Bizning Respublikamiz ham shunday tamoyillar asosiga qurilgan. Mustaqillikka erishganimizdan soʻng kun tartibiga qoʻyilgan masala — bosh qomusimizni ishlab chiqish boʻlgan. 1992-yil 8-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilindi. Mana shu 28 yil ichida Konstitutsiyaga 14 marotaba oʻzgartirish kiritildi. Qonunlarimiz amalda toʻliq ishlayapti deya olmaymiz, lekin qonunchiligimiz jahon hamjamiyati tomonidan e'tirof etilayotgani sir emas. Bayram muborak doʻstlar!

@oybekmamarasul