Get Mystery Box with random crypto!

#Tabrik Assalom-u-alaykum. Men sizni va siz orqali oila a'zol | Dr.Ibrakhimov

#Tabrik

Assalom-u-alaykum. Men sizni va siz orqali oila a'zolaringizni O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 31 yilligi bilan chin qalbimdan tabriklayman... Mustaqil va jonajon O'zbekistonimizga aslo ko‘z tegmasin...Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin... Vatanimizga har doim sadoqat bilan xizmat qilish hammamizga nasib qilsin...Yurtimiz rivojlanish yo'lida yuksak pog'onalarni zabt etaversin...Har bir ezgu ishlarimizda Yaratgan Parvardigorning O‘zi madadkor bo‘lsin. Alloh hammamizni doim O‘z panohida asrasin... Mustaqillik uchun kurashgan ajdodlarimizning joylari jannatdan bo'lsin...
Yana bir bor bayramingiz muborak bo'lsin deb, hurmat bilan Oyatullo Ibrakhimov