Get Mystery Box with random crypto!

#Hujurot_surasi 18 إِنَّ ٱللَّهَ يَعۡلَمُ غَيۡبَ ٱلسَّمَٰوَٰت | Qur'on Oyatlari ☪️

#Hujurot_surasi 18

إِنَّ ٱللَّهَ يَعۡلَمُ غَيۡبَ ٱلسَّمَٰوَٰتِ وَٱلۡأَرۡضِۚ وَٱللَّهُ بَصِيرُۢ بِمَا تَعۡمَلُونَ

«Albatta Alloh osmonlar va Yerdagi gʻayb-sirlarni bilur. Alloh qilayotgan amallaringizni koʻrib turguvchidir».

Agar inson ko‘zini gunoh va ma’siyatlarga qarashdan tiymasa, ko‘z orqali qalbga kiradigan narsalardan to‘sishi, uning kirlaridan saqlanishi qiyin kechadi. Chunki qalb bir bo‘sh idish bo‘lib, u ko‘z, quloq, og‘iz va burun orqali kirgan narsalar bilan to‘ladi hamda o‘shalar bilan mashg‘ul bo‘ladi. Shuning uchun ko‘zni tiyish mag‘firat qilinishning asosiy sabablaridan biridir.

Abulfavoris Shoh ibn Shujo’ rohmatullohi alayh aytadilar: “Kim nazarini haromdan tiysa, nafsini shahvatlardan tiysa, botinini (fikr xayolini) doimiy kuzatuv bilan, zohirini sunnatga amal qilish bilan obod qilsa va halol yeyishga odat qilsa unday kishining firosat (yuritgan fikri va chiqargan hukmi) xato qilmaydi”.

  ↓Obuna bõling↓
𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦  |  𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦