Get Mystery Box with random crypto!

#Moida_surasi 49 وَإِنَّ كَثِيرٗا مِّنَ ٱلنَّاسِ لَفَٰسِقُونَ | Qur'on Oyatlari ☪️

#Moida_surasi 49

وَإِنَّ كَثِيرٗا مِّنَ ٱلنَّاسِ لَفَٰسِقُونَ

«Albatta, odamlardan koʻplari fosiqlardir».

Har bir moʻmin-musulmon banda saqlanishi lozim boʻlgan qalb xastaliklaridan biri fosiqlikdir. “Fisq” soʻzi lugʻatda “qobiqni teshib chiqish” maʼnosini anglatadi. Sharʼiy istilohda esa, Alloh taoloning toatidan chiqib, maʼsiyat-gunohlarni yashirmay, uyalmasdan, ochiq-oydin qiladigan odamga “fosiq” deyiladi. Odatda, fosiq deb gunoh ishlarni qilgan musulmonlarga aytiladi. “Fisq” soʻzi ulamolar istilohida, gunohi kabira qilib yoki kichik gunohlarda bardavom boʻlib, Alloh taoloning nahyi qilgan narsalaridan chiqishdir.

  ↓Obuna bõling↓
𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦  |  𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦