Get Mystery Box with random crypto!

​Amal nima? Menga qolsa, raislik uyoqda tursin, ming marta kat | 𝐎'𝐓𝐊𝐈𝐑 𝐇𝐎𝐒𝐇𝐈𝐌𝐎𝐕 𝐈𝐉𝐎𝐃𝐈

Amal nima? Menga qolsa, raislik uyoqda tursin, ming marta katta amaliyam misoli oyog‘ingdagi etikday gap. Seni amalga xalq ko‘tardimi, davlat ko‘tardimi, baribir “Mana shu etikni kiygin-da, kerak bo‘lsa suv kechib, kerak bo‘lsa loy kechib xalqning xizmatini qilgin”, deydi. Qilasanam!.. To‘g‘ri, bir xillar bor: zig‘irday amal tegdimi, bo‘ldi, Xudo amal bilan aql qo‘shib berdi, deb o‘ylaydi. Bunaqalar yonida o‘zidan aqlliroq odam ishlashini xohlamaydi. Nazarida aqlli odam etigini yechib olayotganday bo‘laveradi.

O‘tkir Hoshimov (
Ikki eshik orasi) asaridan

Telegram | Instagram