Get Mystery Box with random crypto!

Epidemiya—'Mehr virusi.' Etiologiyasi (keltirib chiqaruvchi o | 🎭

Epidemiya—"Mehr virusi."

Etiologiyasi (keltirib chiqaruvchi omil):
Qalbdan hasadni chiqib ketishi,malomat qilmaslik, insoniylik tuygʻulari

Patogenezi(kechish mexanizmi):

Insonlarning bir biri bilan ochiq chehra bilan salomlashishligi,bir biriga yordam berishligi,ilm oʻrganib,uni tarqatishligi,goʻzal xulqni oʻzida mujassamlashtirishi natijasida tanadagi bir parcha goʻsht (qalbning) tobora yumshashi bilan kechadi.

Klinik belgilari:

Doim kulib yurishlik;
Yomonlikni oʻylamaslik;
Birovga malomat qilmaslik;
Oʻzidan oʻzgani ustun qoʻyishlik;
Tobora dinni,islomni sevib borishlik;
Mehr muhabbat, insoniylik ,goʻzal xulq kabi tuygʻularning yuqori darajadagi koʻrinishi.

Davolash:

Bu kasallikka hali davo topilmagan. Bu virus bilan ogʻriganlar hanuz tuzalmagan.
Davolash tavsiya etilmaydi
Kasallikka qarshi turli vaksinalar qoʻllash nojoʻya taʼsirini koʻrsatishi isbotlangan. Vaksina (anti-mehr) qoʻllash hayvoniy tuygʻular avj olishiga,allergik jarayonlar qoʻzgʻashligi,qalb hujayralari faoliyatiga salbiy va salbiy taʼsiri aniqlangan.

Profilaktika:

Koʻproq bu kasallikni tarqatish,omma va jamoat joylarida maskasiz yurish,vaksina qoʻllamaslik tavsiya etiladi.

Hamma shu virusga chalinib qolsa yaxshi boʻlarmidi a?

P)s: Qishda,qorda,sovuqda,muzda shapka kiyib yursam ham meni yaxshi koʻradiganlar topiladi

Sizga mehr virusini tilab kamina- men

Juma muborak

@othernessNess