Get Mystery Box with random crypto!

Bugun men sizlarga post yozishni oʻrgataman Buning uchun biz | 🎭

Bugun men sizlarga post yozishni oʻrgataman

Buning uchun bizga kerak boʻladi:

-aqlimiz joyidaligida oʻqib qoʻygan 1 2 ta aqlli gaplar;
-maktabda ustozimiz oʻrgatgan, imlo xatolarisiz yozish haqidagi bilimlarimiz;
-Alloh aziz qilib yaratgan va hozirda sizning kanalizda obunachi boʻlib turgan qora koʻzlarni qiziqtira oladigan bitta ajoyib mavzu;

-postga goʻzal bir dizayn uchun stiker kerak boʻlsa stiker yoki chiroyli harf shriftlari(tabga koʻra);
-aqlingizdan,qalbingizdan joʻshib,oshib-toshib chiqayotgan,aniq faktlarga asoslangan,yuraklarni titratvoradigan shaxsiy yoki biror bir muallifning chiroyli satrlari va yana joʻshqin bir ishtiyoq
-hamda bularni hammasini bitta qilib tartibga sola oladigan,super-muper aqlli bosh kerak boʻladi

Hamma ingrediyentlarni olib,15-20 daqiqa davomida bitta post qilib tayyorlab,kunning ertasi yoki kechki payti kanalga joylaymiz. Bu ishni har kuni yoki kunora va yoki har 4-5 kunda uzviy, surunkali ravishda davom ettiramiz.

Va qarab turibsizki ,kanalingizda sizni kuzatayotgan goʻzal yuzlilarga manzur keladigan bitta kamtarona, latif kontent tayyor

Mmm,men koʻrmaganman bunaqangi chiroyli,shirin chocotellani,aa yoʻgʻe ma'nili postni.


P)s: hehe


Bunga 'podpischik'lar nima deydi?

@othernessNess