Get Mystery Box with random crypto!

American life [OTABEK]

Telegram kanalining logotibi otabekblog1 — American life [OTABEK] A
Telegram kanalining logotibi otabekblog1 — American life [OTABEK]
Kanal manzili: @otabekblog1
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 44

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2023-04-16 17:08:44 Садақа доим мол мулк билан бўлавермайди.

Масалан, табассум ҳам садақа, ширин сўз ҳам садақа, овқат тайёрлаш ҳам садақа, мусулмонларга ғойибдан туриб дуо қилиш ҳам садақадир.

Бу дин нақадар буюк!MANBA
21 viewsedited  14:08
Ochish/sharhlash
2023-04-16 12:22:08 Buyuk O’zbek ayollari haqida…

Shvetsariyalik bir kishi:

– O'zbek ayoli qanday ham buyuk, a? – deb qoldi.

– Shubhasiz. Lekin senga bu taassurot qayerdan keldi?

– Bir o'zbek doʻstimning uyiga borgandim. Uyda ayoli erining koʻylagining tugmasini tikib oʻtirgan ekan. Tikib boʻlib erining koʻylagini oʻpib ham qoʻydi. Ex, qanday buyuk ayol! Shved ayollari ham muhabbat, ehtirom tushunchalarini mana shunday ayoldan oʻrgansalar boʻlmasmidi-ya!? – deya gapini bitirdi.

Muhimi, uni men tushundim. Lekin hikoyaning haqiqatini, ayol erining koʻylagini oʻpmagani, balki ipni tishi bilan uzganini unga aytishga botina olmadim. Qoʻyaveringlar, O'zbek millatining buyuk ayollari haqida shunday goʻzal fikrda boʻlib qolaversin!
24 viewsedited  09:22
Ochish/sharhlash
2023-04-15 05:58:48 Jinoyat

Halolni haromga ajratsang - jinoyat

Nasheed aytib videolar olsang - jinoyat

Marifatga chorlasang - jinoyat

Kambag'allik - jinoyat

Haqni so'zlash - jinoyat

Xalqning foydasini ko'zlasang , shu Xalqning o'zi seni jinoyatda ayblaydi .

...

Bunday yurtda voyaga yetmagan qizlarni zo'rlash , Xalqning pulini talon-taroj qilish , Yetimning haqqiga xiyonat - Jinoyat emas .

Bu shunchaki " Bo'sh vaqtdan unumli foydalanish "

https://t.me/OtabekBlog1
21 viewsedited  02:58
Ochish/sharhlash
2023-04-13 21:16:08
Juda oz bo‘lsa ham, kuniga exson qilishni odat qiling. Chunki exson:

• Allohning g‘azabini o‘chiradi;
• kasallikka davo bo‘ladi;
• mol-mulkingni poklaydi;
• Qiyomat kuni senga soya bo‘ladi;
• vafotingdan keyin ham ajr-savobingni ko‘paytirib turadi

https://t.me/OtabekBlog1
21 viewsedited  18:16
Ochish/sharhlash
2023-04-10 23:21:15Nohaqlikga guvoh bo’lganda qo’l bilan, hech bulmasa til bilan, agar buyam bulmasa qalbdan qarshilik qilib qo’ying, va bu iymonning eng past darajasidir” deb mana shunaqa vaziyatlar uchun gapirgandir payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v).

Bu holat siz bilan biz bilib qolganimiz, bunga o’xshash yuzlab hodisalar butun Uzbekiston bo’ylab sodir bo’layotgandir balki. Unutmang, o’z ustingizda ishlab moliyaviy va siyosiy mavqeiyga erishmas ekansiz, bunaqa holatlar o’zingizni birorta yaqiningiz bilan sodir buguncha jim yurasiz xolos. O’chirmaysizmi bu TikTokni, video o’yinlarni, miyamizni falajlab yotgan qo’shiqlarni? Nima uchun tug’ulganimizni va nima uchun yashayotganimizni bilmay, o’zimizga o’xshagan o’yin kulgu bilan puldan boshqa narsani bilmiydigan farzandlarni yetishtirib jimgina kirib ketaveramizmi qabrga?
5 views20:21
Ochish/sharhlash
2023-04-10 23:21:15 Haliyam bizni yer yutib ketmayabdiya !
5 views20:21
Ochish/sharhlash
2023-04-10 23:21:15
Xorazmdagi ,,mehribonlik uyida" qizlarini bir yil davomida zo’rlab kelgan “amaldorlar” ga bir yarim yillik uy qamog’i berilgan (buyam kechga soat 10 dan ertalab 6:00 gacha uyda o’tirish).

Agarda ota-onasi yuq qizlarmas balki birorta hokimni qizini kimdir 1 yil zo’rlaganda ham sudya jinoyatchilarga bir yarim yil kechga uyingdan chiqmay tur degan bo’larmidi?
5 viewsedited  20:21
Ochish/sharhlash
2023-04-10 13:47:39 Yolg'izlik

Yolg'izlik hisi va yolg'izlik o'rtasidagi farqni ajratolmas ekansan sen doim yolg'izsan

Ey , Ahmoq ! Yolg'iz qolganingdan keyin yolg'izlik hisi paydo bo'ladida deysanmi ?

Axir , Yuraging og'riganda yuraging og'rimaydiku

Tanangda sodir bo'lgan hodisadan so'ng miyangga berilgan signallar orasidan ushbu tashxisni o'z tanloving bilan amalga oshirasan

Sen Robinzon emassan atrofing to'la odamlar , ularning og'iz va quloqlari qo'lingga tushgan narsa bilan chizib ham qo'yilmagan

Tashqi olam bilan bog'lab turgan barcha eshiklarni och , ayrimlari o'z holida qolgani ham durust

Xullas , o'z tanloving bilan amalga oshadigan narsalar ichida Yolg'izlik eng rasvosi meningcha ...

https://t.me/OtabekBlog1
8 views10:47
Ochish/sharhlash
2023-04-10 12:03:01 Nega chet tillarini o'rganishim kerak?

- So'nggi vaqtlarda hamma chet tillarini o'rganishga targ'ib qilmoqda, o'rgatmoqda va o'rganmoqda. Kel, bir o'ylab ko'ramiz: o'zi nega chet tillarini o'rganishing kerak? Bismillah, boshladik.

1. Ish beruvchi talabi.
Hozir har qanday korxona/davlat tashkilotida ishlamoqchi bo'lsang, sendan qaysi tilni bilishing haqida so'raydi va seni til bilishing ishga qabul qilinish ehtimolingni oshiradi. Chet tillarini biladigan ishchi hammaga kerak, ishon.

2. Och qolmaysan.
Ha, och qolmaysan, biror chet tilini yaxshi bilsang, katta ehtimol bilan och qolmaysan. Eng kamida o'sha biladigan tilingni boshqalarga o'rgatib, tirikchilik qila olasan. Ya'ni, chet tilini yaxshi bilish, eng kamida o'sha til bo'yicha ustozlik qilish imkoniyatini beradi.

3. Yangi ilmlarni o'rganish imkoniyati.
Sen va bir olam ilm o'rtasida bir devor bor. Bu - chet tillarini bilmasliging. Zamonaviy kasblar, yangi yozilgan kitoblar va video darslik/ma'ruzalar aksari ingliz tilida chiqadi va ular bilan seni o'rtangda o'sha devor turadi. Oddiy misol: Udemy platformasida maqsad qo'yish mavzusida Ingliz tilida 3272ta, Rus tilida 4ta, O'zbek tilida esa 0ta video darsliklar bor.

4. Tarjimonlik qilish imkoniyati.
Til bilsang tarjimonlik ham qila olishingni o'zing bilasan. Kel men senga bir statistika keltiray:
2019-yilni o'zida O'zbekistonga 6.748.500ta sayyoh tashrif buyuribdi. Nima demoqchi ekanligimni tushunding.

5. Sayohat qilganingda qiynalmaysan/aldanmaysan.
Hali ishlaring zo'r bo'lib ketadi, har yili chet davlatlarga sayir qilish imkoniyatinh bo'ladi, dunyo kezasan, inshaAlloh. Ana o'sha kunlarda, aldanib yoki qiynalib yurmasliging uchun ham chet tillarini o'rganishing kerak, hech bo'lmasa Ingliz tilini.

6. Bitta til bilan cheklanib qolma.
Ma'lumot uchun, avval ko'p joylarda korxona/tashkilot hodimlardan Rus tilini bilish talab etilgan bo'lsa, hozirgi vaqtda esa kamida sendan Rus tili bilan birga Ingliz tilini bilishni ham talab qilinmoqda. Shunday ekan, bitta tilni o'rganib to'xtab qolma.

Mana shunday gaplar. Bu postni o'zingga saqlab qo'y va til o'rganish istagida yurgan do'stlaringga yuborib qo'ying


https://t.me/OtabekBlog1
8 views09:03
Ochish/sharhlash
2023-04-10 11:53:49
Ilm o'rganishda ayniqsa kerak bo'ladigan haqiqatlar...
#tavsiya / #motivatsiya

Yagona iltimosim: Shunchaki ko'rib, "zo'r ekan" demang. Amaliyotda ishlating va doimo sohangizni eng yaxshisi bo'lishga intiling!

TELEGRAM
8 views08:53
Ochish/sharhlash