Get Mystery Box with random crypto!

Buyuk O’zbek ayollari haqida… Shvetsariyalik bir kishi: – O' | American life [OTABEK]

Buyuk O’zbek ayollari haqida…

Shvetsariyalik bir kishi:

– O'zbek ayoli qanday ham buyuk, a? – deb qoldi.

– Shubhasiz. Lekin senga bu taassurot qayerdan keldi?

– Bir o'zbek doʻstimning uyiga borgandim. Uyda ayoli erining koʻylagining tugmasini tikib oʻtirgan ekan. Tikib boʻlib erining koʻylagini oʻpib ham qoʻydi. Ex, qanday buyuk ayol! Shved ayollari ham muhabbat, ehtirom tushunchalarini mana shunday ayoldan oʻrgansalar boʻlmasmidi-ya!? – deya gapini bitirdi.

Muhimi, uni men tushundim. Lekin hikoyaning haqiqatini, ayol erining koʻylagini oʻpmagani, balki ipni tishi bilan uzganini unga aytishga botina olmadim. Qoʻyaveringlar, O'zbek millatining buyuk ayollari haqida shunday goʻzal fikrda boʻlib qolaversin!