Get Mystery Box with random crypto!

Huquqshunos Hamrayev

Telegram kanalining logotibi otabek_hamrayev — Huquqshunos Hamrayev H
Telegram kanalining logotibi otabek_hamrayev — Huquqshunos Hamrayev
Kanal manzili: @otabek_hamrayev
Toifalar: Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3
Kanalning ta’rifi

✔️Maqsadim: Xalqimiz o'z huquqini bilsin;
✔️Instagram sahifam: instagram.com/lawyerkhamraev
Murojaat uchun: t.me/otabek_hamrayev_bot

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2021-08-20 22:02:17 Товуқ гўштини нега хуш кўрмайман, десам, шунга бўлса ажабмас

Машҳур тарихчи Ибн Холдун муқаддимасида шундай дейди:
"Араблар туя гўшти еди ва ундан ғайрат ва қўполликни олишди.
Турклар от гўшти еди ва ундан қувват ва қўполликни олишди.
Оврўпаликлар тўнғиз ейишди ва ундан дайюсликни олишди.
Занги(негр)лар маймун ейишди ва ундан мусиқага муҳаббат олишди".
Ибн Қоййим раҳимаҳуллоҳ айтади: "Ким ҳайвонларнинг қай бир турини ейишга одатланса, унинг табиати ва хулқидан касб қилади. Агар доимий озуқаси шу бўлса, ўшанга ўхшашлик кучли бўлади".

Бугунги кунда аксарият товуқ гўштини ейишга одатланганидан бўлса ажабмас, фойдасиз гап сўзлар, бақир-чақирлар, ғийбату-миш-мишлар кўпайди.

Тавфиқ Аллоҳдан

Шоҳруҳ Насриддинов фейсбук саҳифасидан олинди
83 views19:02
Ochish/sharhlash
2021-08-20 11:32:59 #ahvol_ogir

Bugun ta'lim krediti olish bo'yicha tumanimiz markazidagi bankka bordim. Qancha pul kerakligini xisobladik. Avvalroq vaksina olgan talabalarga kontrakt 10% kamayishi haqida rasmiy xabar chiqqan edi, kontrakt summadan 10% kam qilib xisoblab chiqdik, shu desanggiz keyin yaqinda kontrakt summalari yana 10% ga ko'tarilgani(18-avgust) yodimga tushib qoldi. Keyin yana 10% pulni qo'shib xisobladik.

Nimadir g'alatimasmi ?

Biz talabalar o'zimizni o'zimiz xursand qilib yurgan ekanmizda

@otabek_hamrayev
78 views08:32
Ochish/sharhlash
2021-08-02 09:31:07 Temir daftarga kirish tartibi:

«Temir daftar»ga kiruvchilar ro‘yxatini shakllantirish mahalla orqali amalga oshiriladi. Ro‘yxat tayyor bo‘lgach, tuman hokimligiga taqdim etiladi. Shundan so‘ng sektor rahbari, tuman xalq deputatlari kengashi vakili va mahalla oqsoqoli birgalikda joylarga chiqib, oilalar holatini o‘rganib chiqadi. Umumiy xulosa asosida shakllantirilgan ro‘yxat tuman xalq deputatlari kengashi muhokamasiga qo‘yiladi. Kengash tasdig‘idan o‘tgan oilalar «Temir daftar»ga kiritiladi.

@otabek_hamrayev
126 views06:31
Ochish/sharhlash
2021-08-02 09:25:32 Ayni daqiqalarda Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida “Temir daftar” tushunchasi haqida maʼlumot berilmoqda.

“Temir daftar”ni yuritishda ehtiyojmand oilalarning 7 toifasi, jumladan:

* kam taʼminlangan;

* nogironligi boʻlgan;

* ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar;

* yakka-yolgʻiz keksalar;

* doimiy ishsiz fuqarolar;

* karantin tufayli ishsiz qolgan fuqarolar;

* ogʻir epidemiologik hududlardan qaytarib kelingan fuqarolarni kambagʻallikdan chiqarish choralari koʻriladi.

@otabek_hamrayev
107 views06:25
Ochish/sharhlash
2021-08-01 09:34:18
Mana shu vaziyatda qotillik bo‘lganmi, yoki o‘z joniga qasd qilishmi?

@otabek_hamrayev
102 views06:34
Ochish/sharhlash
2021-07-21 12:17:43 O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga ko’ra nikohdan ajralish ishlari fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida (FHDYO) yoki er yoki xotindan birining da’vo arizasi bilan fuqarolik sudlarida ko’rib chiqiladi. Agar er va xotin o’rtasida voyaga yetmagan farzandlar hamda mulkka oid da’volar bolmasa, ular FHDYO da nikohni bekor qilishi mumkin. Biroq sizning savolingizga ko’ra, er va xotin o’rtasida ikki nafar voyaga yetmagan farzand borligi uchun bu ish, albatta, sudda ko’riladi.

Da’vo arizasi kim tomonidan berilishiga qarab sud joylashgan tuman tanlanadi. Masalan, agar xotin nikohni bekor qilish bo’yicha da’vo qilayotgan bo’lsa, unda da’vo arizasi turmush o’rtog’i doimiy ro’yxatda turadigan manzilga qarab fuqarolik ishlari bo’yicha tumanlararo sudga topshiriladi.

O’zbekiston Respublikasi Oila Kodeksi 44-moddasi 2-qismiga ko’ra, sudlar nikohdan ajratishga oid ishlarni ko’rishda ajrashayotgan er-xotinlarning voyaga yetmagan farzandlarining huquq va manfaatlarini himoya qilish choralarini ko’rishlarini kerak. Shuning uchun sudlar er va xotin nikohdan ajrashgan taqdirda, o’rtalaridagi farzandlarini ta’minlash va tarbiyalash haqida o’zaro kelishuvga kelgan-kelmaganligini aniqlashi shart. Agar er-xotin bunday kelishuvga kelmagan bo’lsa, sudya bolalar ota-onaning qaysi birida qolishi va ularning ta’minoti uchun nafaqa undirish masalasini hal qilishi lozim.

Demak, sudga ariza bilan murojaat qilayotganda er-xotin farzandlari kimda qolishini kelishib olishlari mumkin yoki arizada taraflardan biri farzandi o’zi bilan qolishini talab qila oladi. Farzandlar kimning qaramog’ida qolsa, ikkinchi taraf, ya’ni farzandlarini o’z qaramog’ida qoldirmagan taraf bolalar voyaga yetgunlariga qadar bolalar ta’minoti uchun nafaqa to’laydi. Nafaqa miqdorini farzandlar soniga qarab sud belgilaydi.

Amaldagi qonun hujjatlariga ko’ra, farzandlar 10 yoshga yetgan bo’lsa, ota-onasidan qay biri bilan qolishni sud ulardan so’raydi va farzandlar fikrini inobatga oladi.

Agar farzand qaramog’iga olgan taraf qo’l ostida yaxshi qarov ko’rmasa, ikkinchi taraf farzand tarbiyasini o’z qo’liga olishni so’rab sudga qayta murojaat qilishi mumkin.

Oila Kodeksining 39-moddasiga ko’ra xotinining homiladorlik vaqtida va bola tug’ilgandan keyin bir yil mobaynida er xotinining roziligisiz nikohdan ajratish to’g’risida ish qo’zg’atishga haqli emas. Agar nikohdan ajratishni so’rab murojaat qilayotgan taraf ota tomon bo’lsa, ikkinchi farzandning aniq bir yoshdan oshishini kutishi kerak.

Farzandlarni ota qaramog’ida qoldirish uchun aynan nima sabablarga ko’ra bu talab qilinayotgani ishonarli va asoslantirilgan holda da’vo arizasida yozilishi kerak. Sud jarayonida esa da’vogar bu asoslarni isbotlab berishi talab etiladi. Masalan, onaning farzandlar tarbiyasi bilan shug’ullanmasligi; farzandlarni yetarli darajada parvarish qila olmasligi; onaning axloqiy buzuqligi; farzandlar tarbiyasi bilan shug’ullanishni sog’ligi ko’tara olmasligi kabi holatlar isbotlansa, sud farzandlarni ota bilan qolishi haqida hal qiluv qarori chiqarishi mumkin.

@otabek_hamrayev
141 views09:17
Ochish/sharhlash
2021-07-18 05:56:31
Ilm-fan dunyosida eng yosh yadro fizigi unvoniga yangi da'vogar paydo bo'ldi. U Tennesi shtatida (AQSh) yashovchi Jekson Osvalt ismli 13 yoshli bola. Bu yoshdagi tengdoshlari video o'yinlar o'ynab, televizor tomosha qilishganida Jekson o'z laboratoriyasida - o'z sobiq o'yin xonasida yaratgan ixcham termoyadroviy reaktorni yig'ish bilan band edi.‌‌

@qiziq_fakt_tg
117 views02:56
Ochish/sharhlash
2021-07-02 09:07:53
Tanishuv: Toshkent davlat yuridik universiteti

TDYU oxirgi yillarda O‘zbekistondagi davlat OTMlari orasida ta’lim jarayoniga oid yangi tashabbuslari bilan ajralib turibdi. Talabalarning o‘qituvchi tanlash huquqi, haftada 5 kun o‘qish, asosan mutaxassislik fanlariga urg‘u berilishi kabilarni boshqa OTMlar ham tatbiq etsa arziydi.

Avvalgi videolarimiz:
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
Toshkent moliya instituti
O‘zbekiston milliy universiteti
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti
Toshkent tibbiyot akademiyasi

@otabek_hamrayev
170 viewsedited  06:07
Ochish/sharhlash
2021-06-22 12:15:58 Yuridik texnikumni tamomlagan o‘quvchi respublika miqyosida malaka talablariga binoan o‘rta maxsus yuridik ma’lumot zarurati mavjud bo‘lgan davlat organlari va tashkilotlarida, shu jumladan: 
– O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining hududiy tuzilmalari; 
– Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining hududiy organlari;
– Notarial idoralar, advokatlik tuzilmalari va shu kabi qator idoralarning umumiy shtat birliklari soni doirasida vakant lavozimlarga ishga kirish bo‘yicha tanlovda belgilangan tartibda ishtirok etish mumkin.

@otabek_hamrayev
168 views09:15
Ochish/sharhlash