Get Mystery Box with random crypto!

Qo'qon tarixidan qiziq voqea. Odatda qadimgi xonlarni qoʻrqoq | Ostonov Minbari

Qo'qon tarixidan qiziq voqea. Odatda qadimgi xonlarni qoʻrqoq yoki jur'atsizlikda ayblashadi. Quyidagi voqeani o'qib bunday emasligini anglab olish mumkin.

Qo'qonda Umarxon hukmronligi yillarida, ya'ni XIX asr boshlarida xon Rossiyaga elchi yuboradi. Elchilikdan maqsad savdo karvonlarini Xo'jandga jalb qilish edi. Bu xuddi, bugungi kundagi chet eldan investor jalb qilishga o'xshab ketadi. Rossiya hukumatiga yuborilgan maktubda Umarxon karvonlar Qo'qon hududida qaroqchilik hujumiga uchrasa barcha xarajatni davlat xazinasidan to'lashga va'da bergan edi. Agar qaroqchilik Rossiya hududida sodir etilsa Rossiya tomoni zararni qoplashi kerak edi. Ikki tomon o'rtasida mazkur shartlarda kelishuvga erishiladi. Elchilik Qiziljarda qabul qilinadi.

Bir kuni Qo'qon elchisi Qiziljarda mast holatdagi rus askari tomonidan o'ldiriladi. Rossiya hukumati darhol askarni ushlab jazolaydi va surgun etadi. Elchilikning qolgan a'zolari o'n nafar rus askari hamrohligida Qo'qonga qaytib keladi. Elchisining o'ldirilganini eshitgan Umarxon qattiq g'azablanadi va ruslarni hibsga olib, imperatorga xat yozadi. Xatda qotilni o'ziga topshirishlarini va elchining xunini talab qiladi. Ruslar bergan jazoni tan olmasligini, qotilni o'z qo'li bilan o'ldirmoqchiligini aytadi. Ruslar esa ming tillo hajmida tovon to'lashga rozi bo'ladi. Rus asirlari esa qo'yib yuboriladi.

@ostonovminbari