Get Mystery Box with random crypto!

Katta pul tikadigan Investorni qayerdan topaman? O'zbekistond | Ibrohimjon Eminov

Katta pul tikadigan Investorni qayerdan topaman?

O'zbekistonda investorlar ikki turga bo'linadi:

1) Biznesmenlar - o'zini loyihasini yaxshi ko'rishadi va deyarli boshqa biznesga vaqtlari yo'q. Lekin daromadlari keladigan kanalni ko'paytirish kerakligi uchun, boshqa odamlarga pul tikishni xohlashadi.
2) Yaxshi maosh olib ishlaydigan ish boshqaruvchilar! O'zlari biznes qilishga vaqtlari va shijoatlari yo'q lekin pullari pul topishiga qiziqishi bor odamlar.

Bunday odamlarni qayerdan topish va tanishish imkoniyati bor?

- Qimmat fitness zallarda
- Qimmat seminar treninglarda
- Dam olish maskanlarida

@smartlife_uz ga investorni biznes trening paytida uchratganman.

Hozir ham juda ko'p do'stlarni va tanishlarni biznes trening orqali orttiraman. Ayniqsa 1000$ dan yuqori narxdagi treninglarga o'z ustida mehnat qiladigan, zamonaviy fikrlaydigan odamlar kirishadi.

Yaxshilab o'ylab ko'ringchi atrofingizda oyiga 10 000$ topadigan nechta tanishingiz bor?

Ular qilgan ishni siz qila olmaysizmi?