Get Mystery Box with random crypto!

Pul kerak bo'lsa maslahat so'rang! Maslahat kerak bo'lsa pul s | Ibrohimjon Eminov

Pul kerak bo'lsa maslahat so'rang!
Maslahat kerak bo'lsa pul so'rang!

Bu OLTIN QOIDAni eshitganda hamma <> deydi lekin ishlatib ko'rmaydi.

Loyihangizga Boy odamni sherik qilishni ikki afzal tarafi bor
1) U sizdan aqlliroq va u foyda keltirmaydigan loyihaga pul tikmaydi
2) Svyazlari orqali ham sizga sharoit qilib bera oladi!

Investor Oldiga borganingizda loyihani ko'rsatib pul ololmasangiz kayfiyatni tushurmang!

Hech kim quruq gapga birdaniga ma sanga deb pul bermaydi.

1)Siz sababini so'rang nega pul tikishni xohlamayapti?
Maslahat oling qanday qilinsa loyiha daromad keltiradigan va pul tikuvchilarni qiziqtiradigan bo'ladi?

2) Shu sabablarni uyda tahlil qiling.
3) Osha odamni o'zingizga ustoz qiling. Har hafta oxirida shu loyiha bo'yicha otchet topshirib turishga kelishing (telegram yoki telefon orqali qilingan ishlarni aytib boring)
4) 5ta Puli bor inson kontaktini so'rang va sizni ularga tavsiya qilishini tushuntiring!
5) Har hafta oxirida loyiha bo'yicha qilinga ishlar otchetini kamida 10 ta ustozga jo'natsangiz ular sizni haqiqatda mehnat qilayotganingizni ko'radi va loyihaga qiziqish ortadi. Ularni maslahatlariga amal qilib qanday natijaga erishganingizni yozganingizda esa sizga mehrlari tusha boshlaydi va yana maslahat bergilari kelaveradi.

Munosabatlar qalinlashishi esa pul olishni osonlashtiradi. Boy investorlar eshikdan kirib kelgan har bir StartUpchiga pul tikavermaydi. Ular Shijoatli mehnatsevar va irodali tadbirkorlarni qidirishadi.

Eng qizig'i shundaki siz investitsya olish uchun bir inson bilan kamida 10 ga yaqin uchrashuv qilasiz o'rtacha olganda. Shuning uchun shoshqoloqlik qilmang.

Agar sizga qiziq bo'lsa keyingi postda <> o'rgataman!

Qaysi yo'nalishda biznes boshlamoqchisiz ? Sizga rostdan qiziqmi?