Get Mystery Box with random crypto!

- Agar, maktab direktori bo'lganingda nima qilarding? (Bu o'r | Ortiqali To'lanboyev | Shaxsiy

- Agar, maktab direktori bo'lganingda nima qilarding?
(Bu o'rtoqlarimning eng sevgan savoli)

Agar maktab direktori bo'lganimda 70% o'qituvchini ishdan olib tashlardim. Ular qotib bo'lgan. Malakasini oshirasanmi, qaytadan tayyorlaysanmi befoyda... Ularni shunchaki haydash kerak..

Ha, juda beshafqatsan-da... Ularning bola-chaqasi nima bo'ladi?
(Ularning eng yaxshi ko'rgan ikkinchi savoli)

30 ta bolaning hayoti-chi? Uning kelajagi-chi? Unga kim qayg'uradi? Ularning hayoti nima bo'ladi? Sizlar shu haqida ham o'ylaysizlarmi? Yoki salohiyatsiz o'qituvchini bolasini boqsin deb sudrab yuraveraylikmi?

O'qituvchilar o'quvchilar oldida boshqacha yuzli, o'zlari qolganlarida esa boshqacha yuzli bo'lib bo'lgan... Tarbiya, saviya va ma'naviyat ba'zi *Ustozlar uchun nolga teng bo'lib bo'lgan...

Faqat bolangizni boqish uchun 30 ta boladan shunchaki foydalanayotgan ekansiz, siz manqurtdan ham bettar holga tushib bo'libsiz...