Get Mystery Box with random crypto!

Maktab ta'limining ayrim jihatlarini tag-tugi bilan olib tashl | Ortiqali To'lanboyev | Shaxsiy

Maktab ta'limining ayrim jihatlarini tag-tugi bilan olib tashlab, uni o'rniga boshqacha uslublar olib kirish kerak, nazdimda...

Ish boshlaganimga ko'p bo'lmadi, ammo agar men ko'rganlari ro'yo bo'lmasa, haqiqatda botqoqqa qarab ketyapmiz...

O'qituvchining saviyasi juda pasayib ketyapti... Kim bilan suhbat qilmang, qaysi ustoz bilan suhbat qilmang, ularning *ko'plarining dunyoqarashi muzlab, qotib, orqasidan zanglab ham ketgan... Bu saviya bilan birorta bolaga bir gramm ta'lim berib bo'lmaydi...

Bugun bir farrosh ayol nolib gapiryapti. "O'qituvchilar xonasidan mandarin po'chog'i va uning urug'larini yeg'ib chiqdim. O'qituvchilar o'tiradigan partalar tagidan mosirlar olib tashlayverib jonimga tegdi."

Bu qanday hol bo'ldi? Bolaga yo'ldosh bo'lib, unga butun hayotida kerak bo'ladigan maslahatlar beradigan ustozlardan shu chiqdimi? Nahot o'rnidan turib mosir chelakka shu mosirini tashlay olmasa?

Hurmatli o'qituvchi, maktabni sevish haqida o'quvchilarga gapirayotganda hech o'zingizga ham savol berasizmi? Gapirgan gaplarimga o'zim amal qilyapmanmi deb... Vijdoningiz qiynalmaydimi?

Heee sizday o'qituvchilarga *aytovdim...