Get Mystery Box with random crypto!

Orena.uz – Biznes va texnologiyalar

Telegram kanalining logotibi orenauz — Orena.uz – Biznes va texnologiyalar O
Telegram kanalining logotibi orenauz — Orena.uz – Biznes va texnologiyalar
Kanal manzili: @orenauz
Toifalar: Biznes
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 562
Kanalning ta’rifi

Orena.uz – IT yangiliklari hamda biznesga oid xabarlarni ulashib boruvchi nashr.
Sahifalarimiz:
• instagr.am/orenauz
• twitter.com/orenauz
• fb.me/orenauz
Moddiy rag‘batlash uchun:
• payme.uz/@orenauz
Biz bilan bog‘lanish uchun:
• @OrenaSupportBot

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-09-26 06:16:07
YouTube asosiy sahifa dizayni ustida qayta ishlamoqda

YouTube so‘nggi haftalarda yangicha dizaynini faol sinovdan o‘tkazmoqda. Yangi dizayn desktop va mobil versiyada ham paydo bo‘ladi.

Video karuseldagi to‘rtburchak qirralar va videoni oldindan ko‘rish qismlari yumaloq qirraga o‘zgartirildi. “Shorts” bo‘limi pastki satrning o‘rtasiga ko‘chirildi.

Reaksiya va ulashish tugmalari ham yangi ko‘rinishga ega bo‘ldi. Bundan tashqari, qorong‘u mavzu biroz o‘zgardi. Endi quyuq kulrang o‘rnini haqiqiy qora rang egallaydi.

Telegram | Instagram | Facebook
338 views03:16
Ochish/sharhlash
2022-09-25 16:22:00
O‘zbekistonda mobil operatorlar ishlamay qoldi

Farg‘ona vodiysida uyali aloqa operatorlari bilan aloqada muammolar mavjudligi aniqlandi.

Uzilishlar sababi hozircha noma’lum. Xabar qilinishicha, tez orada hammasi yana o‘z holatiga qaytadi.

Telegram | Instagram | Facebook
293 views13:22
Ochish/sharhlash
2022-09-25 13:21:12
Odamlar Marsda 7 ming kilogramm chiqindi qoldirishgan

Odamlar 50 yildan ortiq vaqt davomida Mars yuzasini o‘rganib kelishadi. BMTning Kosmik ishlar bo‘yicha boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, davlatlar Marsga 18 ta inson qo‘li bilan yaratilgan ob’yektlarni 14 ta turli xil missiyalar orqali yuborgan.

Ushbu missiyalarning aksariyati hali ham davom etmoqda, buning oqibatida esa sayyora yuzasida ko‘plab chiqindi qoldiqlari paydo bo‘lmoqda. Marsdagi chiqindilar uchta asosiy manbadan keladi, bular tashlab ketilgan apparatlar, harakatsiz va halokatga uchragan kosmik kemalardir.

Telegram | Instagram | Facebook
209 views10:21
Ochish/sharhlash
2022-09-24 13:14:15
GTA 6 materiallarini tarqatgan 17 yoshli xaker hibsga olindi

22-sentabr kuni Britaniya kiberjinoyatchilikka qarshi kurash agentligi 17 yoshli bolani hibsga oldi. U Uber tizimini buzgan va hali e’lon qilinmagan GTA 6 ga tegishli sahnalarni ommaga tarqatgan mashhur xaker ekanligi gumon qilinmoqda.

Hibsga olingan xaker dunyoga mashur Lapsus$ xakerlik guruhi rahbarlaridan biri hisoblanadi. U “teapotuberhacker” laqabiga ega va kiberjinoyatchilar dunyosida juda mashhur. Rockstardan tashqari, guruh Microsoft, Apple, Samsung va NVidia kabi texnologiya gigantlariga ham bir necha bor hujum qilgan.

Lapsus$ xakerlik guruhi 2022-yil mart oyida NVidia’ning 1TB ma’lumotlarini o‘g‘irlagan. Xuddi shu oyda ular Samsung serverlaridan 190GB hajmdagi ma’lumotlarni tarqatib yuborishgan.

Telegram | Instagram | Facebook
216 views10:14
Ochish/sharhlash
2022-09-24 10:20:15
Instagram 60 soniyalik hikoyalarni joylashtirish imkonini berdi

Instagram foydalanuvchilar uchun uzluksiz “Story”larni joylash imkoniyatini ishga tushirdi. Endi uzunligi 60 soniyagacha bo‘lgan hikoya joylashtirganingizda, u bo‘laklarga bo‘linmaydi.

Avval hikoyalar 15 sekundlik bo‘laklarga bo‘lingan. Foydalanuvchilar endi uzluksiz hikoyalarni joylashtira oladilar, boshqa tomondan esa tomoshabinlar o‘zlari ko‘rishni istamaydigan videoni bir necha marta bosishga majbur bo‘lmaydi.

Telegram | Instagram | Facebook
100 views07:20
Ochish/sharhlash
2022-09-23 12:14:00
Yandex 25 yoshda!

Bugun Rossiyaning Yandex qidiruv tizimi o‘zining 25 yilligini nishonlamoqda. Yandex.ru domeni ilk marta 1997 yilda xuddi shu kuni ishga tushirilgan edi.

O‘sha paytda Yandex birinchi qidiruv tizimlaridan emas edi, u turli xil qidiruv tizimlari paydo bo‘lgan davrda paydo bo‘ldi. Shu sababli u o‘z nomini “Yandex” (yana boshqa indeksator) deya nomlagan.

Telegram | Instagram | Facebook
120 views09:14
Ochish/sharhlash
2022-09-23 06:08:06
iOS 16 deyarli 24 foiz qurilmalarda o‘rnatildi

Mixpanel – iOS 16 ning keng tarqalganligi haqida ma’lumotni taqdim etdi, unga ko‘ra foydalanuvchilar iOS 15 ga qaraganda ushbu yangilanishni o‘rnatishga ko‘proq qiziqish bildirmoqda.

Tahliliy kompaniya axborotiga ko‘ra, chiqarilgandan keyin atigi uch kun ichida iOS 16 mos keluvchi qurilmalarning – 10,45%, iOS 15 – 9,68% va iOS 14 esa 14,68 foiziga o‘rnatilgan.

Lekin iOS 16 yangilanishida xatoliklar ko‘pligi sababli ushbu versiyaga yangilash tavsiya etilmaydi.

Telegram | Instagram | Facebook
211 views03:08
Ochish/sharhlash
2022-09-22 16:33:23
Toncoin CoinMarketCap’dagi eng yaxshi 50 kripyovalyuta qatoriga kirdi

Yaqinda CoinMarketCap kripyovalyuta bo‘yicha o‘z tahlillarini yakunladi va Toncoin reytingini 34-o‘ringa ko‘tardi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda kriptovalyutaning kapitallashuvi 1,7 milliard dollardan oshdi, kunlik savdo hajmi esa 20 million dollarni tashkil etmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook
768 views13:33
Ochish/sharhlash
2022-09-22 13:35:58
VKontakte dasturchilar uchun nutqni aniqlash texnologiyasidan foydalanishga ruxsat berdi

VKontakte ijtimoiy tarmog‘i barcha dasturchilar uchun nutqni aniqlash va uni matnga aylantirish texnologiyasidan foydalanish imkonini berdi. Dasturchilar ushbu xizmatni mini-ilova va o‘yinlardan tortib startaplargacha bo‘lgan har qanday loyihaga birlashtirishi mumkin.

Texnologiya uchta neyron tarmoq yordamida ishlaydi: so‘zlarni aniqlaydi, moslarini topadi va tinish belgilarini qo‘yadi. Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, xizmat qisqa vaqtda yozuvlarni qayta ishlaydi, tushunarsiz talaffuz, jargon va qisqartmalar bilan yaxshi kurashadi.

Kompaniya xizmatni ikki xil versiyasini taqdim etadi: biri kuniga 100 daqiqagacha audioni qayta ishlash imkonini beradi, ikkinchisida vaqt chegarasi yo‘q, lekin unga obuna bo‘lish uchun kompaniyaga ariza yuborishingiz kerak.

Telegram | Instagram | Facebook
603 views10:35
Ochish/sharhlash
2022-09-21 13:10:48
Forbes O‘zbekistondagi ishonchli banklar reytingini tuzib chiqdi

Forbes jurnali ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatimizda 33 ta bank faoliyat yuritadi, ulardan 12 tasi davlatga tegishli. Banklarning reytinglari ularning aktivlari hajmi bo‘yicha saralangan. Birlamchi ma’lumotlarni to‘plash Expert RA reyting agentligi tomonidan amalga oshirildi.

Batafsil: bit.ly/ratingcbu

Telegram | Instagram | Facebook
207 views10:10
Ochish/sharhlash