Get Mystery Box with random crypto!

Endi Burj Xalifaga Meta dunyo orqali tashrif buyurishingiz mum | Orena.uz – Biznes va texnologiyalar

Endi Burj Xalifaga Meta dunyo orqali tashrif buyurishingiz mumkin

Virtual reallik ustida ish olib boruvchi Eventcombo kompaniyasi dunyodagi eng baland egizak bino Burj Xalifaning Meta dunyodagi raqamli ko‘rinishini yaratdi. Bu tashrif buyurishga imkoni bo‘lmagan odamlar uchun o‘ylab topilgan.

Meta dunyodagi osmono‘par binoga tashrif buyurgan odamlar bino atrofida aylanib, Dubayning 360 graduslik ko‘rinishini tomosha qilishlari mumkin. Buning uchun sizga qo‘shimcha uskunalar, ya’ni VR ko‘zoynaklari kerak bo‘lmaydi.

Shuningdek, Eventcombo Burj Xalifaning har tomondan ko‘rsatilgan, bino atrofida aylanib yurgan odamlar hamda binoning liftdan yuqoriga ko‘tarilgan videosini ommaga taqdim etdi.

Telegram | Instagram | Facebook