Get Mystery Box with random crypto!

Apple Rossiyadagi xodimlarini boshqa davlatlarga olib ketdi K | Orena.uz – Biznes va texnologiyalar

Apple Rossiyadagi xodimlarini boshqa davlatlarga olib ketdi

Ko‘chirilganlarning aksariyati Qirg‘izistonga, bir qismi Buyuk Britaniyaga olib ketilgan. Bu haqda “Vedomosti” nashri xabar bermoqda.

Ko‘chishga tayyorgarlik bahorda boshlangan va yoz oxirigacha tugagan. Manbaning qayd etishicha, ba’zi xodimlar ko‘chirishning dastlabki bosqichida Dubayga ketishgan.

Apple Rossiyadagi ishini butunlay tugatayotganini rasman e’lon qilmadi, Rossiya-Ukraina mojarosi boshlanganidan so‘ng kompaniya maxsulotlar savdosini to‘xtatib, Apple Pay va boshqa bir qator xizmatlarini ishlashini chekladi.

Telegram | Instagram | Facebook